Qaddu qomatning fe’l-atvorga ta’siri

Texas universiteti olimlari insonning qomati uning shaxsiyati va boshqa odamlar tomonidan qanday qabul qilinishiga ta’sir etishini aniqladilar.

Tadqiqotchilar jamoasi tajriba o‘tkazib, 76 nafar talabaga 140 ta suratni tavsiflab berishni so‘radilar. Suratlarda turli semizlikdagi 70 nafar erkak va yana shuncha ayol bor edi. Talabalar odamni tavsiflash uchun 30 ta fe’l-atvor xususiyatlaridan foydalanishlari zarur. Barcha tavsiya etilgan so‘zlar “katta beshlik” deb nomlanuvchi mustaqil shaxs xususiyatlariga mos keladi. Bu psixologik model bo‘lib, u insonlarga nisbatan ishlatiladigan beshta asosiy xislatlarni o‘z ichiga oladi. Bularga ezgu niyat, vijdonli, ochiq ko‘ngilli kabi bir nechta fazilatlar kiradi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, semiz odamlarni ishtirokchilar beparvo va dangasalik, kelishgan qomat egalarini esa ishonchli va g‘ayratli deb topishdi. Talabalar nok shaklidagi qomat egalarini hamda keng yelkali insonlarni mojaro va g‘azablanishga moyilligini, aksincha, nostandart tana tuzilishiga ega bo‘lganlarni esa uyatchang va ishonchli kishilar sifatida qabul qilishdi.

D.AZIMOVA

Yana o‘qing:  Eskirmaydigan yon daftarcha

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: