Pul birliklarining «go‘zallik tanlovi»

Shveysariya moliyachilari Ukraina grivnasini eng chiroyli pul birligi deb tan olishdi. Xalqaro moliya bankining estetika bo‘yicha komissiya yillik yig‘ilishi yakunida shunday qarorga kelindi.

Grivna ushbu unvonga ikkinchi marotaba loyiq topilishi. 2008 yilda ham Xalqaro moliya banki Ukraina grivnasini eng chiroyli deb tan olgan edi, qolaversa, u qadimiy pul birliklaridan biri. Shveysariyalik moliyachilar fikricha, eng chiroyli pul birliklari beshtaligiga quyidagilar kiradi: Ukraina grivnasi, Avstraliya dollari, Yevro, Bolgariya levi va Amerika dollari.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, grivna Qadimgi Rus davlatining asosiy pul birligi bo‘lgan. «Rubl» atamasi esa Novgorodda XIII asrda yuzaga kelgan. Bora-bora rubl grivnani siqib chiqargan. 1918 yil Ukraina xalq respublikasi vaqtida grivna ikkinchi marta muomalaga kiritildi. 1996 yil sentyabr oyida grivna uchinchi marta doimiy pul birligi sifatida qabul qilindi.

Ukraina grivnasi eskizini o‘zining bir qator illyustratsiyalari bilan shuhrat topgan rassom Vasiliy Lopat yaratgan.

Yana o‘qing:  Bir gap bor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: