Ohangarondagi 2000 yoshli tegirmon toshi

O‘zbekiston – butun insoniyatning ma’naviy yuksalishiga beshik bo‘lgan qadim yurt. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘tmishi asrlarga tutash ona Vatanimiz haqidagi qanchadan-qancha qimmatli ma’lumotlar zamin bag‘rida o‘z kashfiyotchilarini kutib yotibdi.

Yaqinda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanining Qoraxitoy qishlog‘ida quruvchilar bino poydevorini qaziyotganlarida turli tarixiy sopol buyumlar topib olishdi. So‘ng zudlik bilan arxeologlarga murojaat qilishdi. Qazish ishlarini boshlab yuborgan Server Ashirov boshchiligidagi bir guruh olimlar bu yerdan bo‘yi 120 santimetr, aylanasi 232 santimetr bo‘lgan xumdon, bir nechta kichik ko‘za va tegirmon toshini topishdi.

– Tegirmon toshlari milodiy birinchi asrda yashagan bobolarimizga tegishli ekan. Sopol xum va ko‘zalarning qora angor qilinishi (sirtining sirlanishi) ham o‘sha davrda urf bo‘lgan. Qazib olingan ushbu topilmalar mamlakatimizning qariyb ikki ming yil avvalgi madaniyati haqida xabar beradi, – deydi Server Ashirov.

 

Farruxbek ASHURBOYEV

Yana o‘qing:  KO‘ZI OJIZLAR UCHUN SMARTFON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: