Medallar shodasi

Qozog‘istonning Almati shahrida yakkakurash sport turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda yigirmadan ziyod davlatdan uch ming nafarga yaqin sportchi milliy yakkakurash sport turlarini namoyish etdi.

Musobaqada o‘zbek jang san’ati ustalari ham yakkalik va juftlik bahslarida munosib ishtirok etdi. Mazkur nufuzli chempionatda sportchilarimiz yakkalik, jamoaviy bahslar va ko‘rgazmali chiqish bo‘yicha 27 oltin, 8 kumush va 6 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Qozog‘istondagi jahon chempionatida Jonibek Abdurahmonov, Hasan Do‘stboyev, Doston Sattorov, Aslibek Sheraliyev, Sherzod Qurbonov, Jamil Yusupov, Shahboz O‘ktamov, Davron Soliyev, Jasurbek Xolmurodov, Hojiakbar Abdurahmonov, Aziz Abduraimov, Shahzod Abdurazzoqov, Mohigul Yo‘ldosheva, Gulruh Sultonova kabi sportchilarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

O‘tgan yillar davomida Fransiya, Italiya, Ispaniya, Rossiya, Litva va Janubiy Koreya, AQSH singari davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda o‘zbek jang san’ati vakillari ham o‘z mahoratini namoyish etgan edi.

Durdona TOSHEVA,

O‘zDJTU talabasi

Yana o‘qing:  O‘Z UYINGNI – O‘ZING ASRA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: