Eng aniq ishlovchi optik soat yaratildi

Adelaida universitetining (Avstraliya) bir guruh tadqiqotchilari eng aniq ishlovchi soat yaratganlari uchun “Eureka prizes” mukofotiga sazovor bo‘ldilar.

Kriogen sapfir – yashil yoqut generator (Cryogenic sapphire oscillator) deb nomlangan ushbu qurilma yoki yoqut soat “Cryoclock pty ltd” kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda yaratildi.

Ma’lumotlarga qaraganda juda past haroratgacha sovutiladigan yoqutli soat rezanatori (tovush tebranuvchi moslamasi) o‘zidan juda past darajada shovqin chiqarib, tiniq signalni nurlantiradi. Bu esa mazkur signalda ishlaydigan soatlarga 40 million yilda 1 soniyaga xato qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu o‘lcham bilan yoqut soat o‘z toifasidagi tijorat maqsadlarida qo‘llaniladigan soatlardan taxminan ming marta ustun keladi.

Professor Andre Lyutenning fikriga ko‘ra yangi rusumdagi yoqut soat elektron tizim va qurilmalarning tayanch vaqt signalini ta’minlash va Avstraliya mudofaa radar tizimini modernizatsiya qilishda qo‘llaniladi. Shuningdek, u kosmik tadqiqotlar uchun ham qo‘l keladi.

 

D. AZIMOVA

Yana o‘qing:  Eng xavfli xastalik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: