“Toychoq” salati

Kelayotgan yangi 2014 yil muchal bo‘yicha Ot yili bo‘lganligi bois, dasturxonimizda quyidagi salatlarni qo‘yishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hurmatli uy bekalari, mazali taomlar yoniga mana shunday salatlarni ham tayyorlab qo‘ysangiz siz oilangiz a’zolarini hayratlantirishni uddalagan bo‘lasiz.

Kerakli masalliqlar:

2 dona qaynatib pishirilgan kartoshka va 2 dona sabzi, 1 dona bodring, 1 dona marinadlangan bodring, 300 gr. qaynatib pishirilgan tovuq go‘shti (fils), 100 gr. yarim quritilgan kolbasa, 4 dona qaynatilgan tuxum, 1 dona olma, 1 banka konservalangan ko‘k no‘xat, mayonez, ta’bga ko‘ra tuz hamda murch, bezak uchun esa zaytun mevalaridan foydalanasiz.

Uni tayyorlash jarayoni quyidagicha:

Tuxumlarni po‘stidan tozalaysiz va sarig‘ini qirg‘ichdan o‘tkazasiz. Oqini bezak uchun olib qo‘yasiz. Kartoshka, sabzi, bodringlar, kolbasa hamda olmalarni to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab, unga no‘xatni qo‘shib aralashtirasiz. Ta’bga qarab tuz, murch va keragicha mayonez solib masalliqlarni obdon aralashtirasiz. Tayyor bo‘lgan salatni ichi chuqur bo‘lmagan katta likopchaga joylashtirib, rassomlik mahoratingizni ishga solasiz. Ya’ni, toychoqning bosh qismini yasaysiz, uning ustiga tuxum oqini qirg‘ichdan o‘tkazib sepib chiqasiz. Keyin zaytun mevalarini uzunchoq shaklda kesib jonzotning bosh shaklini bezaysiz. Og‘iz qismiga biroz ko‘katdan joylashtirasiz.

MEHRIBONU

Yana o‘qing:  ShIRINTOY UCHUN UQALASH MUOLAJASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: