ShIRINLIK YeSAM MAYLIMI?

Siz shirinliklarni juda yaxshi ko‘rasiz, farzandingizni aytmasak ham bo‘ladi. Bayram kunlari esa shokolad va turli qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ishqibozligingiz yanada kuchayadi. Balki oldinlari kamroq iste’mol qilgandirsiz, ammo endi ko‘tarinki kayfiyatda qandaydir bir kuch sizni ularga tortadi. Albatta, shirinliklar iste’mol qilishni butunlay inkor etib ham bo‘lmaydi. Chunki ularda organizmning to‘g‘ri faoliyat yuritishi uchun juda zarur bo‘lgan uglevodlar bor. Biroq shirinlikka haddan ortiq ruju qo‘yishning oqibati aslo yaxshilikka olib kelmaydi.

Keyingi yillarda olimlar shirinlikning zarari borasida yangidan yangi ma’lumotlarni aniqlab, e’lon qilishmoqda. Xo‘sh, shirinlikning zarari nimalarda namoyon bo‘ladi?

Amerikalik olimlar aynan shirinlikning haddan ortiq iste’mol qilinishi ham saraton xastaligini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda. Zero, shirinlik ko‘p iste’mol qilinganda me’da osti bezi kuchli tartibda insulin ishlab chiqara boshlaydi. Bu esa ichakda shishlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin ekan. Olimlar bir necha ming ayolni tekshiruvdan o‘tkazganlaridan keyingina bunday xulosaga kelishgan.

Garvard universiteti mutaxassislarining olib borgan tadqiqotlari natijasida shirinlikni haddan ortiq miqdorda iste’mol qilish organizmning testosteron va estrogen ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, qand jigar ishlab chiqarayotgan lipidlar darajasini oshiradi.

Germaniyalik mutaxassislarning aniqlashlariga ko‘ra glyukoza inson umrini o‘rtacha 25 foizga qisqartirar ekan (bu taxminan 18 yilga teng). Nemis olimlarining ushbu xulosalarini Kaliforniyadagi Salka biologik tadqiqotlar instituti mutaxassislari ham tasdiqlashdi.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, shirinlik ko‘p iste’mol qilgan homilador ayollar organizmidagi uglevodning ko‘payib ketishi bolalarda allergik reaksiyalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa chaqaloqlarning asab tizimi kasallanishi xavfini bir necha barobarga kuchaytiradi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, shirinlikni xush ko‘ruvchilar me’yorga amal qilishsagina ko‘zlagan maqsadiga erishishi mumkin. Ammo dono xalqimizning “asalning ham ozi shirin” deganlaridek har qanday shokolad ham foydali emas, uning qop-qora achchiq turi tarkibida mavjud bo‘lgan antioksidantlari tufayli (ayniqsa – polifenol), bu mahsulot erkin radikallarning ta’siridan tomirlarni himoya qiladi. Bundan tashqari, shokoladga kakaodan kelib tushgan flavonoidlar, qon aylanishining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarga olib keluvchi, qondagi tromblarni eritib qon aylanishini yaxshilaydi. Shokoladlarning boshqa xillari esa vitamin va mineral moddalardan ozod etilgan quvvat manbai. Lekin jigarrang dorini ortiqcha iste’mol qilish mumkin emas, chunki u qandli diabetni keltirib chiqarishi va oqibatda esa semizlik kasalining yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shokoladning xavfsiz dozasi – kuniga 25 gramm iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Yana o‘qing:  Sarimsoq piyozli non

Xo‘sh, shirinlikdan o‘zini tiyolmaydiganlar uchun qanday maslahat berish mumkin? Eng asosiysi – me’yorni saqlang! Chunki yuqorida sanab o‘tilgan xastaliklarning hammasi faqat shirinlikni haddan ortiq iste’mol qilganingizda paydo bo‘lishi mumkin.

Agar shunda ham shirinlikdan ko‘ngil uzolmasangiz, parhezshunos diyetologlar maslahatiga quloq tuting:

– shakar o‘rniga asal va quruq mevalar iste’mol qiling;

– taomlaringizdagi glyukoza miqdorini kamaytiring, tabiiy mevalarni ko‘proq iste’mol qiling;

– choyni shakar qo‘shmasdan ichishga urinib ko‘ring;

– gazli shirin ichimliklar o‘rniga mineral suvdan foydalaning.

Sarvar OCHILOV tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: