Shingildagi shifobaxshlik

Uzum A, S, V6 vitaminlari hamda muhim minerallarga, xususan, kaliy, kalsiy, temir, fosfor, magniyga boy. Uning danaklari tarkibida esa A, Ye, K vitaminlari bo‘lib, ular hujayralarni mustahkamlaydi, organizmni yoshartiradi va xiltlardan tozalaydi.

Aksariyat insonlar bu mevani ozdirish xususiyatiga ega deb hisoblashadi. Ammo bu noto‘g‘ri. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, salomatlik uchun kunlik uzum iste’moli 10-15 donadan oshmasligi zarur. Yurak va buyrak faoliyatini mustahkamlamoqchi bo‘lgan insonlarga diyetologlar doimiy ravishda qora uzum yeyishni maslahat berishadi. Och rangdagisi esa buyrakni tozalash xususiyatiga ega. Kaloriyasi va energetik quvvati jihatidan qora va och rangli uzum bir xil xususiyatga ega.

Qora rangli uzum tarkibi antioksidantlarga boy bo‘lib, u organizmni zararli bakteriyalardan himoyalaydi.

Ammo, u yetarli darajada kuchli allergen hamdir. Ushbu meva charchoq va ruhiy siqilishlarning oldini oladi. Tarkibi antioksidant va vitaminlarga boyligi sabab, immmunitetni oshiradi, organizmni ruhiy zo‘riqishlardan xalos etadi. Uzum nafas olish tizimi va o‘pka faoliyatini yaxshilaydi, shu sababli shifokorlar bu mevani astma dardiga chalingan bemorlar uchun tavsiya qilishadi.

Unutmang, uzum ovqat hazm qilish tizimi uchun yetarli darajada “og‘ir” meva sanaladi. Uning tarkibidagi tez hazm bo‘luvchi uglevodlar (glyukoza, fruktoza) qonga so‘rilib, organizmdagi insulin miqdorining oshishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli me’da-ichak yo‘li, qandli diabet hamda semirish xastaligi bilan og‘rigan bemorlar uni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishlari tavsiya etiladi.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Mahsulotlarning saqlash muddati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: