LAZZATLI “EKLER”

Aziz pazanda bekalar bu safar tavsiya qilmoqchi bo‘lgan lazzatli shirinligimiz albatta sizga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

Kerakli masalliqlar: Xamir uchun 100 gr. saryog‘, tuz, 220 gr. un, 4 dona tuxum.

Ichiga solinadigan masalliqlar: 250 g «Maskarpone» (pishloq turi), tabga ko‘ra vanilin, 120 gr. qand upasi 20-22 foiz 100 ml. qaymoq.

Tayyorlanishi: sirli tog‘oraga 250 ml. qaynab turgan suvga saryog‘, tuz qo‘shiladi va yana qaynatiladi. So‘ngra un solib, aralashtiriladi. Idishdan yengil olinadigan bir turdagi zich xamir hosil bo‘lishi kerak.

Alohida idishga tuxumlarni chaqib, aralashtiriladi. So‘ngra uni xamirga 1-2 osh qoshiqdan qo‘shib xamir yaxshilab qorib boriladi. Xamir o‘z shaklini ushlab turadigan yumshoq holatga kelishi kerak. Xamir konditer qog‘ozi to‘shalgan tunuka tovaga kolbasa shaklida joylashtiriladi.

200 darajagacha isitilgan gaz pechida 30 daqiqaga yaqin pishiriladi. «Ekler»lar yaxshi ko‘tarilishi kerak. Gaz pechini o‘chirganingizdan keyin ular biroz pasayishi uchun 10-15 daqiqaga gaz pechining ichida qoldiring.

Idishga «Maskarpone», vanilin, qand upasi va qaymoq solinib, mikser yordamida ko‘pirtiriladi.Tayyor bo‘lgan quyuq kremni muzlatgichga solib, 10 – 15 daqiqadan so‘ng sovugan pishiriqlar orasini krem bilan to‘ldiriladi. Qand upasi bilan bezatilib dasturxonga tortiladi.

Gulnoza EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Mazali quymoq

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: