Lavlagili baliq sho‘rva

Kerakli mahsulotlar: 600 gramm oq baliq go‘shti, 200 g lavlagi, 200 g kartoshka, 150 g sabzi, 100 g piyoz, 150 g qizil bulg‘ori qalampir, 2 osh qoshiq limon suvi, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 15 g ukrop, 20 g ko‘kpiyoz, 1 dona lavr yaprog‘i, ta’bga ko‘ra tuz va murch, 10 g sarimsoq.

Tayyorlanishi:

  1. Baliq go‘shti 3-4 sm keglikda kesiladi, qozonga solib, 1 litr suv quyiladi. Lavr yaprog‘i qo‘shilib, yuqori olovga qo‘yiladi, qaynagandan so‘ng suv yuzasiga to‘plangan ko‘pik olib tashlanadi va issiqlik pasaytirilib, 5 daqiqa qaynatiladi.
  2. Lavlagi archilib, qalamcha shaklida qirqiladi, idishga solib, limon suvi, 3-4 qoshiq baliq buloni (qaynatilgan baliq suvi) dan qo‘shiladi. Qopqoq bilan berkitib, 15 daqiqa pishiriladi.
  3. Piyoz yarim doira, sabzi qalamcha shaklida qirqilib, tovada o‘simlik yog‘i bilan 5 daqiqa qovurilgach, qirqilgan qalampir qo‘shiladi va yana 5 daqiqa pishiriladi.
  4. Archilgan kartoshka kubikcha shaklida to‘g‘raladi.
  5. Qovurilgan sabzavotlar va kartoshka lavlagi solingan idishga qo‘shiladi va baliq bulonini quyib, past olovda 15 daqiqa dimlab qaynatiladi. Sho‘rva tayyor bo‘lganida tuz, maydalangan sarimsoq, ko‘kat, ta’bga ko‘ra tuz qo‘shiladi va qaymoq bilan birga dasturxonga tortiladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

Yana o‘qing:  Mutaxassislar fikri: ozish uchun qahva ichishdan tiyilish kerak

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: