Ko‘z nuqsoni va tug‘ruq

Assalomu alaykum! Hurmatli “Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyati xodimlari.

Ko‘rishida nuqson bo‘lgan (plyus yoki minus) ayolning tug‘ish jarayoni qanday kechadi? Ko‘z xiralashishi kuchayib ketmaydimi? Bolaning sog‘ligiga ziyoni bo‘lmaydimi? Qay holatda tug‘ish operatsiya yo‘li bilan kechadi? Shu haqida batafsil ma’lumot bersangiz.

Sevara InoFomova

Miopiya – uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslikning 3 xil darajasi bor:

1. Yengil-(-) 3 dprtrgacha

2. O‘rta- (-)3,25 dan (-) 6,0 dptr gacha

3. Yuqori (-) 6,25 va undan yuqori

Miopiya tashxisi qo‘yilgan bo‘lajak onalar oftalmolog shifokor ko‘rigidan kamida ikki marta o‘tishlari zarur (Homiladorlikning boshida va tug‘ruqqa yaqin qolganda).

Agar birinchi ko‘rinishda ko‘z olmasi to‘rpardasida o‘zgarishlar bo‘lsa, to‘rparda yupqalashgani yoki yirtilgani aniqlanishi mumkin. Bunday holatda bemorda profilaktik lazer kogulyasiyasi muolajasi o‘tkazilishi zarur. Bunda to‘rparda qon tomir pardasiga lazer yordamida “yopishtiriladi” va shu bilan to‘rparda ko‘chish xavfi kamayadi.

Bu muolaja mutlaqo og‘riqsiz bo‘lib, muolajadan keyin homilador ayol ko‘zi yoriguncha oyda bir marta oftalmolog ko‘rigidan o‘tishi zarur.

Agar homiladorlik og‘ir kechsa, erta toksikoz va homiladorlikning ikkinchi yarmidagi toksikozlar kuzatilsa, miopiya ham 2-3 dptr ga o‘sishi mumkin. Buning sababi – ko‘z gavharining shishib ketishi tufayli ko‘z optik sistemasining nur sindirish qobiliyati kuchayadi va natijada miopiya ham o‘sadi.

Yengil, o‘rta darajali miopiya va hatto yuqori darajali miopiya ham agar to‘rpardada sezilarli distrofik o‘zgarishlar bo‘lmasa tug‘ruqni tabiiy yo‘l bilan hal qilish mumkin.

Agar to‘rpardada asoratli distrofik miopiya o‘choqlari borligi sababli hamda homiladorlik og‘ir kechayotgan yoki ikkilamchi yondosh kasalliklar bo‘lsa, tug‘ruq jarrohlik yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Dilfuza USMONXO‘JAYEVA,

Toshkent shahridagi 46-oilaviy poliklinikasining oliy toifali oftalmologi

Yana o‘qing:  Maktab partasi: undan qanday foydalanish kerak?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: