Zakovatni qanday qilib oshirish mumkin?

Zaytun yog‘i, yong‘oq, avokado kabi yog‘ kislotasiga boy mahsulotlar zakovatni oshiradi, deb yozadi The Hindustan Times nashri. Tadqiqotlar inson zakovati diqqat markazining orqa qismi bilan bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatdi. Bu qism e’tibor talab qiluvchi topshiriq va kunlik ishlarni bajarishda muhim ahamiyatga ega.

Jumladan, zakovatning umumiy darajasi yuqorida aytib o‘tilgan tizimning qanchalik samarali va funksional tuzilganiga bog‘liq. To‘yinmagan yog‘ kislotalari esa diqqat markazining orqa qismi va tizimning qanchalik yaxshi ishlayotgani bilan uzviy bog‘liq.

Ko‘ngilli ishtirokchilarning ratsioni va zakovat darajasi o‘rganib chiqilganidan so‘ng, qonida yog‘ kislotasi ko‘p bo‘lgan odamlarning diqqat markazi tartibliroq tuzilishga ega bo‘lishi aniqlandi. Demak, to‘yinmagan yog‘ kislotalari haqiqatan bilish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsata oladi, deydi tadqiqotchilar.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Go‘daklar tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelishining asosiy sabablari nimada?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: