Xorijlik shifokorlar yurtimizda

Bugungi kunda O‘zbekistonda voyaga yetayotgan bolalarning 92 foizi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining standartlariga to‘la mos keladi. Quvonarlisi, mamlakatimizda mutlaqo sog‘lom bolalar ko‘rsatkichi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu sog‘lom onadan sog‘lom bola tug‘iladi, degan ezgu tamoyilning amaldagi ifodasidir.

Ayni paytda yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirish hamda xalqaro tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bu borada “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar tahsinga loyiq.

Ana shunday xayrli ishlardan biri Koreya Respublikasining Inha universiteti gospitali bilan 2011 yildan buyon samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yilganidir. O‘tgan yilda ushbu hamkorlik doirasida Janubiy Koreya mutaxassislari tomonidan yurtimizning 800 nafarga yaqin aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Kuni kecha fondning Tibbiy-ijtimoiy markazida ushbu hamkorlik doirasida Koreya Respublikasining Inha universiteti gospitalidan tashrif buyurgan bir guruh shifokorlar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

– Yurtingizda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilganligiga guvoh bo‘ldik. Maqsadimiz – yurtdoshlaringiz salomatligini mustahkamlashga ko‘maklashish, o‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashishdan iboratdir, – deydi Inha universiteti gospitali professori Li Syong Yun. – Shifo maskanlari zamonaviy tibbiy texnikalar bilan ta’minlanganligi tibbiy ko‘rikni tez va samarali tashkil etishga yordam bermoqda. Qabulga kelayotgan aholining o‘z salomatligiga e’tibori, tibbiy madaniyati yuksakligi bizda katta taassurot qoldirdi. O‘zaro hamkorligimiz kutilgan samarani berishiga ishonaman. Guruhimiz tarkibiga bir qancha shifokor talabalar ham jalb etilgan. Bu yerda bo‘lajak shifokorlar bilan fikr almashib, ilmiy muloqotda bo‘lish ular uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.

– Farzandim bilan birga tibbiy ko‘rikdan o‘tdik, – deydi poytaxtimizning Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Sarviniso Hakimova. – O‘g‘limning o‘ng qulog‘ida eshitish qobiliyati yo‘qolib borayotgan edi. Poliklinikadagi shifokorlar shu yerga kelishim uchun yo‘llanma berishdi. Malakali shifokorlar o‘g‘limning qulog‘ini tekshirdi. Boshqa mutaxassislar ko‘rigidan ham o‘tdik.

Yana Janubiy koreyalik mutaxassislar Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Arirang” qariyalar uyida va 22-24 iyun kunlari Navoiy shahri “Xanjin grupp” kompleksi binosida aholini umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Navro‘z NORBOBOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: