Uzum danagining ekstrakti tishlarni kariyesdan himoya qiladi

Uzum danagi ekstraktining tarkibidagi oligomer proantotsanidin moddasi qattiq tish to‘qimalarini mustahkamlab, kariyesning oldini oladi. Bundan tashqari u plombaning uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradi.

Qattiq tish to‘qimalari asosan kollagen oqsilidan tashkil topgan. Qorishma qattiq tish to‘qimalariga mahkamlanishi kerak, lekin ular birikadigan hudud zaif joy hisoblanadi. Shuning uchun plombalarning tez ajrab ketish holati ko‘p uchraydi. Olimlar qattiq tish to‘qimalarining zararlangan kollageni oligomer proantotsanidin moddasi yordamida tiklanish xususiyatiga ega ekanini aniqladi.

Oligomer proantotsanidini tishni koriyesdan himoya qiladi va plombaning tish yuzasi bilan yaxshi birikishini ta’minlaydi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud. Lekin aynan uzum danagi ekstrakti bu moddaning koni hisoblanadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Gripp har mavsumda xavf soladi...mi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: