ShIFOBAXSH QAYNATMALI VANNALAR

Suvchechak xastaligini davolashda quyidagi xalq tabobati usullarini ham qo‘llash mumkin.

QONCHO‘P

Bir litr suvga 2-3 osh qoshiq qoncho‘p giyohini solib qaynating. Giyohni maydalab, qaynoq suvda damlab qo‘ying. Keyin uni qaynaguncha olovga qo‘ying. Past olovda 10-15 daqiqa qaynagach shifobaxsh suyuqlikni suzib oling. So‘ngra iliqroq holda vannadagi suvga soling. Bemor bolani dorivor giyohli vannada bir kunda 1-2 marta 5-10 daqiqadan cho‘miltiring va uning tanasini yumshoq sochiq bilan o‘rang. Badani qurigach bolaga tabiiy tolali kiyim kiydiring.

MOYCHYECHAK

Yana bir litr suvga 2-3 osh qoshiq moychechak gullarini maydalab soling. Olovga qaynab chiqqunicha qo‘ying. 10-15daqiqa past olovda miltiratib qaynating. Keyin qaynatmani suzib oling. Bu shifobaxsh qaynatmani ham vannaga soling va farzandingizni kunda 1-2 marta 5-10 daqiqa cho‘miltiring. Bolaning tanasini sochiq bilan artmang. Aksincha yumshoq sochiqda asta-sekin badaninibosib-bosib chiqing. Shunda bemor bolaning yalig‘langan terisi shilinmaydi.

TIRNOQGUL

Bu qaynatma ham yuqorida bayon qilingan usullar kabi tayyorlanadi. Faqat shifobahsh tirnoqgul giyohidan foydalaniladi.

ShIFOBAXSH ERITMALALAR

Uch litr suvga bir osh qoshiq iste’mol sodasi va uch osh qoshiq osh tuzi soling. Suvni qaynating. Qaynash jarayonida yana unga tuz soling. Ko‘pik paydo bo‘lsa uni olib tashlang. Idish olovdan olingach unga yana soda soling. Yana qaynatishga qo‘ying. Past olovda 5-6 daqiqa mildiratib qaynating. Eritmani iliq suvli vannaga soling. Bolangizni cho‘miltirib bo‘lgach, uni sochiq bilan artmang. Issiqroq joyda bolaning tanasi qurishini kuting. Bemorning badanidagi toshmalar yo‘qolguncha kun ora takrorlang.

Vannani iliq suv bilan to‘lating. Unda yarim stakan iste’mol sodasini eriting. Bemorning badani qattiq qichishsa bir kunda 2-3 marta 10 daqiqadan uni cho‘miltiring.

ARPA QAYNATMASI

Besh litr suvga 1kg arpa soling. Uni qaynating. So‘ngra suzib oling. Iliq qaynatmada bolaning cho‘miltiring. Uning badanini sochiq bilan artmang. Aksincha bolaning tanasini issiqroq joyda quritish zarur.

Gulshirin tayyorladi.

Yana o‘qing:  Gijjadan yiroq bo‘lay desangiz...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: