Shakar organizmda saratonni rivojlantirishi aniqlandi

Shakarni “oq qotil” deb atashlari bejiz emasdir, balki. Uzoq vaqt davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida uning yana bir salbiy sifati aniqlandi.

Flamand biotexnika instituti olimlari shakarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish saraton to‘qimalarini faollashtirib yuborishi haqida ma’lum qildilar. 9 yil davom etgan tadqiqotlar Varburg effekti (metobolik og‘ish) jarayoni va zararli xujayralar faolligi orasida o‘zaro bog‘liqlik bor ekanini tasdiqladi.

Sog‘lom hujayralardan farqli ravishda saraton hujayralari quvvatni glyukoza taqsimlanishi hisobiga ishlab chiqaradi. Bu asta-sekin saraton xastaligining paydo bo‘lishiga olib keladi. “Aniqlangan bog‘liqlik onkologik kasalliklardan aziyat chekuvchi insonlar uchun maxsus parhezlar ishlab chiqishga ko‘mak beradi”, deydi xorijlik mutaxassislar.

V.PO‘LATOVA tayyorladi.

Yana o‘qing:  Baxtiyorlik – sog‘liq garovi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: