Mutaxassislar fikri: mashina haydayotganda musiqa tinglamaslik kerak

Mashina haydab ketayotganda musiqa tinglash diqqatni jamlash qobiliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. London universiteti kolleji tadqiqotchilari 19 nafar ko‘ngilli ishtirokida tajriba o‘tkazdi.

Qatnashchilar qorong‘i va ovoz o‘tkazmaydigan xonada, uchta ovoz kuchaytirgish ro‘parasida o‘tirishdi. Ular faqqat bitta kuchaytirgichdan chiqayotgan tovushga diqqatini qaratib, qolganlarini e’tibordan chetda kerak edi. Shundan so‘ng ishtirokchilar uchala buyumdan biriga qarab o‘tirishdi. Mutaxassislar maxsus qurilma yordamida ularning miya faolligini nazorat qilib bordi.

Ma’lum bo‘lishicha, qatnashchilar tovushiga etibor berilgan kalonkalarga qarab o‘tirgan paytda reaksiya vaqti ko‘proq bo‘lgan. Shuningdek, bunday holatda diqqatni jamlash qiyin bo‘lgani uchun miya faolligi ham oshgan.

Tadqiqotchilar fikricha, miya har doim ovoz chiqayotgan narsaga e’tibor qaratishni talab qiladi. Agar bu talab bajarilmasa, miya qiyin ahvolga tushadi. Ushbu holat ruhiy siqilish paytida, keksalarda va yaxshi eshitmaydigan odamlarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Miya faolligi nimaga bog‘liq?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: