Murchning foydali to‘qqiz xususiyati Avtor: Soglom.uz · Opublikovano 27.02.2019 · Obnovleno 27.02.2019 Murchning talqoniga kungaboqar yog‘i qo‘shib surtilsa, et uvishishiga foyda qiladi. Asal qo‘shilgani taloqqa yaxshi foyda qiladi va o‘pkani tozalaydi. Asal qo‘shib surtilsa, tomoq og‘rig‘iga foyda qiladi (3 mahal). Ayniqsa, unga aloy va qoramayiz ivitilgan suvi bilan ichilsa yaxshi ta’sir qiladi. Issiq shishlarni yo‘qotadi. Poyasi va bargi sochni o‘stiradi. Urilishda qotib qolgan qonni shimdiradi (3 mahal surtib bog‘lash kerak). Barg qaynatmasi sarig‘i chiqquncha qaynatiladi. Tomoq, qichima kasallariga ichiladi (3 mahal 50 grammdan 15 kun). Kamquvvat kishi uzun murch talqonini 10 kun 3 mahal 2 grammdan yesa, quvvatini oshiradi, qornida yig‘ilgan yellarni haydaydi. Har kim talqonni 10 kun 3 mahal yarim choy qoshiqdan kapalasa, oyoq va qo‘l shishlari daf bo‘ladi. Yana o‘qing: Dunyo va salomatlik (2014/1)
0 Bolada immunitet pasaysa… 28.10.2013 Avtor: admin · Published 28.10.2013 · Last modified 06.08.2018
0 Qandli diabet: davolash qay taxlit amalga oshiriladi? 05.11.2022 Avtor: admin · Published 05.11.2022
0 Oltin zarrachalari saratonni yengishda yordam beradi 09.08.2017 Avtor: Sayt uchun maxsus · Published 09.08.2017