Mineral suv – kalsiyning koni

Hannoveriya universitetida o‘tkazilgan tekshiruvlar mineral suv sut mahsulotlari o‘rnini to‘liq bosishi mumkinligini ko‘rsatdi. Suv organizmning kalsiyga bo‘lgan talabini qondirish xususiyatiga ega. Muhimi u sut mahsulotlaridek kaloriyali emas, deb yozadi Zee News nashri.

Tadqiqotda 21 kishi qatnashdi. Mutaxassislar kalsiyli qo‘shilmalar, sut va uch xil mineral suvdan 300 milligramm kalsiyning qanday singishini baholadi. Kalsiy uchala manbadan ham yaxshi o‘zlashgani ma’lum bo‘ldi. Suvdagi boshqa minerallar esa kalsiyning singishiga ta’sir ko‘rsatmadi.

Kalsiy miqdori odatda suv butilkalarining yorlig‘ida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Germaniyalik olimlarning tavsiyasi bo‘yicha, odamlar har kuni 1000 milligramm kalsiy iste’mol qilishi kerak. Bu ikki litr mineral suv yoki uch stakan sut ichish degani.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  To‘yib uxlamaslik miyaga qanday zarar keltirishi aniqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: