Magnit to‘foni: uning inson salomatligiga ta’siri

So‘nggi yillarda magnit to‘foni tushunchasi paydo bo‘lib, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi haqida ko‘p fikrlar yuritilmoqda. Xo‘sh, magnit to‘foni nima o‘zi?

Yer atmocferasining tashqi chegarasiga quyoshdan tushgan to‘lqinli nurlanish vaqtiga qarab o‘zgaradi. Quyoshda vaqti-vaqti bilan atom bombasi portlashiga o‘xshash portlash yuz berib turadi. Bu portlashlar vaqtida quyoshning nurlanishi bir necha martaga ortib rentgen, ultrabinafsha nurlanishi hosil bo‘ladi va quyoshning magnit to‘lqinlarining yerga tushishi kuzatiladi.

Hozirgi vaqtda to‘plangan ma’lumotlarga qaraganda koinotdagi o‘zgarishlar odam organizmining barcha a’zolariga ta’sir etadi. Yurak, qon tomir, bosh miyasi kasallangan bemorlarning ahvolining yomonlashishi kosmosdagi yoki iqlim sharoitining o‘zgarishidan avvalroq boshlanar ekan. Ko‘pincha bemorlar ob-havoni o‘zgarishini oldindan biladilar.

Quyosh faolligi ortganda asab tizimi, yurak-tomirlar bilan xastalangan bemorlar qattiq og‘riqni sezadilar. Ulardagi stenokardiya xurujlari, nevrologik bosh og‘riqlari ikki-uch kun davom etib, so‘ng o‘tib ketadi. Ko‘pgina kasallik­lar meteriologik omillar bilan bog‘liq.

Magnit to‘fonining boshlanishi, uning faolligini kuchayishi bilan gipertoniya (xafaqon) xastaligi mavjud bemorlarning qon bosimi ortadi. Geomagnit to‘foni, elektromagnit maydoni kucha­yishida bemorlarda bir qator klinik belgilar yuzaga keladi. Ularning qon bosimi ortadi. Sog‘ligi yomonlashadi va yuragi og‘riydi yoki sanchadi. Bunday kunlarda infarkt, insult kabi kasalliklar ko‘payadi.

 

Magnit bo‘ronlariga sezuvchan bemorlar nima qilishlari zarur?

Surunkali kasalliklari mavjud, tashqi muhit omillariga sezuvchan xastalar magnit to‘fonlari bo‘lishini bilishlari bilan (bunday bemorlarda “xabarchi” belgilar doimiy bo‘ladi) o‘zlarini asrashlari kerak. Ular haya­jonlanishning oldini olishlari, tinch holatda yurishlari, ko‘proq dam olishlari, jismoniy va ruhiy zo‘riqishdan ehtiyot bo‘lishlari zarur. Shuningdek, yurak qon tomir tizimida buzilishlarga olib keluvchi jismoniy zo‘riqishlar va to‘yib ovqat yeyishdan, alkogolli ichimliklarni ichishdan, xolesterin miqdorini oshiruvchi yog‘li ovqatlar iste’mol qilishdan saqlanishlari darkor.

Suv muolajalarini qo‘llash ham yaxshi natija beradi. Agar insonni magnit to‘fonlari vaqtida jizzakilik, xavotir, uyqusizlik kabi salbiy holatlar bezovta qilsa shifokor ko‘rsatmasi bilan arslonquyruq (valeriana) damlamasini qabul qilishlari mumkin. Shuningdek, yalpizli, malinali choy, na’matak, melissa (limon o‘t), dalachoy damlamalaridan ichish tavsiya etiladi.

 

Ma’lumot o‘rnida

1930 yilda A.Chijevskiy quyoshning yuqori darajada faollashgan davrida aholi o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichi ko‘pligini aniqlagan. Koinotdagi o‘zgarishlar sababli odamlarning asab tizimida ham salbiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Ayniqsa, koinotda bu holat kuzatilsa ko‘proq markaziy asab tizimi kasallangan bemorlar vafot etadi.

 

Yana o‘qing:  Tibbiyotda sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi

Surunkali ichki kasalliklari mavjud bemorlar doimiy shifokor nazoratida yurishlari, muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tib, davo muolajalarini o‘z vaqtida qabul qilib turishlari lozim. Bunday muolajalar organizmni  tashqi muhit omillariga sezuvchanligini pasaytiradi, vujudning kurashuvchanlik xususiyatlarini oshiradi.

 

Nargiza ADILOVA,

Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: