Dunyodagi eng foydali mahsulotlar

Yevropa diyetologlar va gastroenterologlar assotsiatsiyasi ekspertlari dunyodagi eng foydali mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi.

Bunda ular mahsulotlarning nafaqat mikroelementlarga boyligi, balki organizmda hazm bo‘lish jarayoni qanchalik yaxshi bo‘lishiga ham alohida ahamiyat qaratishdi.

Xulosalarga ko‘ra birinchi o‘rinni pomidor egalladi. Ushbu sabzavotni iste’mol qilish gipertoniya (qon bosimining ortishi) va glaukoma xastaliklarida foydali sanaladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda faol antioksidantlar, likopin va kaliy mavjud.

Tarkibi turli to‘qima, oqsil va bir necha guruh vitaminlarga boyligi bilan ajralib turuvchi suli yormasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Undan tayyorlangan bo‘tqa qon bosimini oshib ketishiga to‘sqinlik qiladi, hazm qilish a’zolarini turli toksin (zahar)lardan himoyalaydi.

Kivi mevasi uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda A, S, Ye vitamini, omega-3 yog‘ kislotasi mavjud. U gipertoniya, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, shuningdek, bo‘g‘imlarni mustahkamlashda yaxshi samara beradi.

Uzumning qora navi organizmni zararli moddalardan tozalash xususiyatiga egaligi sabab, u bu ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, u qon-tomirlar uchun ham foydali bo‘lib, tromblar hosil bo‘lishining oldini oladi.

Baliq va dengiz mahsulotlari foydalilik jihatidan beshinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Diyetologlar haftada 2-3 marta baliq iste’mol qilishni tavsiya etishadi. Ular tarkibidagi, yog‘, mikroelement, vitamin va minerallar qon-tomirlar faoliyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Navbatdagi o‘rinni brokkoli egalladi. U yotoq sharoitidagi bemorlar, qariyalar, bolalar va homiladorlar uchun juda foydali. Mazkur sabzavotni iste’mol qilish jigar, yurak qon-tomir, me’da-ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Asab tizimi va moddalar almashinuvi bilan aloqador muammolarda yaxshi samara beradi.

Qondagi qand miqdorini nazorat qilish xususiyati sabab avokado mevasi yettinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

Tovuq tuxumi kalsiyga boyligi va qarish jarayonini sekinlashtirish xususiyati sabab mazkur ro‘yxatda sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Sarimsoq va zaytun moyi to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarga loyiq deb topildi.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Yozgi ta’til maroqli o‘tmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: