Dunyo va salomatlik (2014/3)

Shakarni kam iste’mol qilish kariyesni ikki barobar yengadi

Buyuk Britaniyaning Nyukasl universiteti olimlari shakar iste’molini kamaytirish tish kasalliklarini ayniqsa, kariyesni yengishda juda katta samara berishini ta’kidlashmoqda.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, kariyesga olib keladigan 55 sababdan deyarli barchasi (8 holatdan tashqari) shakarning me’yordan ortiq iste’moli bilan bog‘liq.

O‘z navbatida tadqiqotchilar ayollar uchun kunlik shakar iste’molini 7 choy qoshiqdan ko‘p bo‘lmagan, erkaklar uchun 8 choy qoshiqdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilashgan.

Og‘riq qoldiruvchi dori vositalari ayollarning eshitish a’zolariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Bu haqida AQSHda chop etiladigan epidemiologiya jurnalida xabar berildi. Ayniqsa, ibuprofen va atsetaminofen tinchlantiruvchi dori vositalari eng xavfli dorilar ro‘yxatiga kiritildi.

14 yil davomida olib borilgan tadqiqotlarda 62 ming 261 nafar ayol ishtirok etgan.

Ta’kidlash joizki, maqolada aspirin dori vositasi haqida ma’lumotlar keltirilmagan.

Saqich chaynash bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi

Tel-Aviv universiteti qoshidagi tibbiyot markazi doktori Natan Vatemberg olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra saqich chaynash bolalar va o‘smirlarda bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi degan fikrni ilgari surmoqda.

Tekshiruvlarda 6 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan bemorlar ishtirok etdi. Ularga saqich chaynash ta’qiqlandi va natijada bir oydan so‘ng 30 ishtirokchidan 19 nafarida bosh og‘rig‘i umuman yo‘qolib ketdi. Qolganlarida ham og‘riqlar sezilarli tarzda kamaygani ta’kidlandi.

Muolajalardan so‘ng yana saqich chaynashni boshlaganlarning barchasida bosh og‘rig‘i qaytalangani haqida ma’lum qilingan. Shunga asoslangan doktor Vatemberg shifokorlarga bosh og‘rig‘i bilan shikoyat qilib kelgan o‘smirlarga saqich iste’molini ta’qiqlash, albatta, foyda berishi to‘g‘risida maslahat bermoqda.

Natan Vatembergning fikricha saqichni ko‘p vaqt davomida chaynash orqali iyak osti mushaklariga og‘irlik tushadi va bu o‘z navbatida bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

Bahriniso NOROVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Pampersli enurez qanday xastalik?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: