DORILAR 3D-PRINTERDA BOSIB ChIQARILMOQDA

“Aprecia Pharmaceuticals” farmatsevtik kompaniyasi xodimlari dori vositalarini yaratish uchun 3D-bosma texnologiyasidan foydalanish uchun ruxsat olishdi.

“Spritam” (Levetiratsetam) 3D-printer yordamida yaratilgan birinchi dori vositasi bo‘ldi. Ushbu dori kattalar va bolalarda epileptik (tutqanoq) xurujlar rivojlanishining oldini olish uchun qo‘llanadi.

“Spritam”ni yaratishning ZipDose deb nomlangan yangi texnologiyasi Massachusets texnologik instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi. Uning yordamida tabletkalar presslangan dori qatlamlari holida emas, balki g‘ovaksimon holda yaratiladi. Bu ishlab chiqarish turi dori vositasining tezroq erishi va yaxshiroq so‘rilishi imkonini beradi. Shuningdek, kompaniya xodimlarining ta’kidlashicha, bu uslub dorini yutishda qiynaladigan bemorlarga uni qabul qilishlarini osonlashtiradi, chunki u bir necha soniyalarda erib ketadi.

Mutaxassislarning aytishicha, taklif qilingan texnologiya shizofreniya, Parkinson kasalligi yoki boshqa kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlar uchun dorilar yaratishda ham qo‘llanishi mumkin.

Anvar XUDOYBERDIYEV,

TTA talabasi

Yana o‘qing:  Tuz – eng xavfli mahsulot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: