ChAPAQAYLIK “MUAMMOSI”

Bolaning faoliyatida o‘ng qo‘l qachon ustunlik qiladi? Qandaydir sababga ko‘ra chapaqaylikka o‘rganib qolgan bolani o‘ng qo‘l bilan ish qilishga o‘rgatish shartmi?

Albatta bu borada turli fikrlar bor. Go‘dakni yo‘rgakdaligidanoq o‘ng qo‘ldan foydalanishga o‘rgatish lozim. Bolaga har bir narsani tutayotganda, xususan, o‘yinchoqlar, qoshiqlarni berayotganda o‘ng qo‘liga e’tiborli bo‘lish lozim. Bola har bir narsani chap qo‘liga olaversa, unga ota-ona jiddiy qaramasa, u 3-4 yoshga kelib chapaqay bo‘lib qoladi. Xo‘sh, buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Bilamizki, oyoq-qo‘llar harakatini miya boshqaradi: o‘ng yarim shar chap qo‘lni, chap yarim shar o‘ng qo‘lni boshqaradi. Ko‘pincha chapaqay bo‘lib qolishga shu narsa sabab bo‘ladiki, ba’zi bolalar ancha rivojlangan, o‘ng yarim shari yetakchi bo‘lib tug‘iladi, binobarin, chap qo‘l yetakchi bo‘ladi. Bu hodisa irsiy-genetik zamin natijasida yoki tug‘ruq paytida chap yarim sharning shikastlanishi oqibatida yuzaga keladi. Ko‘pchilik bolalar tug‘ruq paytida shikastlanish sabab butunlay chapaqay bo‘lib qolsa, bu holat boshqa nuqsonlar, masalan, ko‘rish assimetriyasi bilan kechadi.

Shifokorlarning ta’kidlashicha chapaqaylikning yuzaga kelishi uchta omilga bog‘liq: Bular irsiyat, tug‘ruq paytidagi shikastlanish va tarbiyadagi xato. Tarbiyadagi xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, jon kuydirishga to‘g‘ri keladi. Biroq, bolani o‘ng qo‘lga o‘rgatib bo‘lmasa, siz qo‘lingizdan kelgancha harakat qilsangiz-u, lekin urinishlaringiz faol qarshilikka uchrasa, uni majburlamay qo‘ya qoling. Demak, sizning farzandingiz ochiqdan-ochiq chapaqay. Ba’zan bolani chap qo‘ldan o‘ng qo‘lga o‘tishga majbur qilganingizda bolada turli xildagi duduqlanib qolishdan tortib, to tildan qolishgacha borib yetadigan nevrozlar paydo bo‘ladi. Lekin bolani tinch qo‘ysangiz, u holda nutq tiklanadi va duduqlanish o‘tib ketadi.

Shubhasiz, o‘ng qo‘lni rivojlantirishda iloji boricha harakat qilish kerak. Chunki, bu keyinchalik bolaning hayotini ancha osonlashtiradi. Biroq, bu ishda ancha ehtiyotkorlik bilan ham ish tutish lozim. Zero, “Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarib qo‘ymang”.

Psixolog Sevara MATQURBONOVA tavsiyalaria asosida Xurshida HUSENOVA yozib oldi

Yana o‘qing:  GRIPP VA UNING PROFILAKTIKASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: