Ba’zi vitamin tabletkalari o‘pka saratoni xavfini oshiradi

AQSHlik tadqiqotchilar 50 yoshdan 76 yoshgacha bo‘lgan 77000 kishining ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi. Olimlar vitamin xapdori(tabletka)larining saraton rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash ustida ish olib bordi. Tekshiruvlardan V6 va V12 vitaminlarini qabul qiluvchi erkaklar o‘pka saratoniga ko‘proq moyil bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa, bu vitaminlarni yuqori dozada uzoq vaqt qabul qilish, kasallik xavfini keskin oshiradi, deb xabar beradi Deccan Chronicle nashri.

Kuniga 20 milligrammdan ortiq V6 vitaminini qabul qiladigan chekuvchi erkaklar o‘pka saratoniga 3 marta ko‘proq, V12 vitaminini kamida 55 mikrogrammdan iste’mol qiladiganlar esa yanada ko‘proq duch keldi. Lekin bunday holatlar ayollarda qayd etilmadi.

Mutaxassislar yuqorida ko‘rsatilgan vitamin xapdorilaridan foydalanish o‘rniga, shu vitaminlarga boy bo‘lgan mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilishni maslahat beradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Orombaxsh musiqa – ruh ozig‘i

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: