YOLG‘IZLIK AYOLGA XOS EMAS

Yurtimizda ona va bolaning jismoniy, ma’naviy sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan barcha omillar mavjud. Shuningdek, bu borada yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishish uchun yangi vositalar izlaymiz. Ana shu izlanishlar aro bugun xayolimda: “Yolg‘iz ona”, degan bir tushuncha aylanib qoldi.

Xizmat taqozosi bilan mahallalarni aylanamiz, xonadonlarga kiramiz. Taqdir-da, suhbatdoshlarimiz orasida uncha-muncha yolg‘iz onalar ham bo‘ladi.

Biz ularning hammasini bitta qolipga solib:

– Barchasining yolg‘izligi o‘zi, oilasi, farzandlari uchun muammo tug‘diryapti, degan fikrdan yiroqmiz. Chunki, turmush o‘rtog‘i vafot etib yoki biror bir arzirli sabab bilan eridan ajralib yolg‘iz yashayotgan ayollarning ba’zilari ota-onalari, aka-ukalari panohida bir me’yorda hayot kechirishadi. “Bir ko‘z” bilan farzand tarbiyalayotgani, ehtimol, qaysidir lahzalarda o‘ziga og‘irlik qilar, lekin bu qiyinchilikni sezdirmaydi. Iroda, matonat bilan yashaydi va mehnat qiladi. Lekin barcha yolg‘iz ayollar haqida bunday deb bo‘lmaydi. Men bu fikrni o‘z hayotiy tajribalarimga tayanib gapiryapman, albatta.

S. ismli ayolning eri ichkilikka o‘rgangan, biror joyda turg‘un ishlamas edi. S. farzandi bor bo‘lgani uchun uni insofga keltirishga ko‘p urindi. Lekin foydasi bo‘lmagach, “bolam otasidan yomon ibrat olmasin”, deb ajrashdi.

– Bir muammodan qutilib, boshqasiga tutildim, shekilli. Ayniqsa, bolam o‘smir yoshga kirgach, muammolarimiz ko‘payib ketyapti. Ish yuzasidan tez-tez xizmat safarlariga chiqishimga to‘g‘ri keladi. Otasi o‘g‘limizga (u har zamonda otasi bilan uchrashib turadi) men haqimda nojo‘ya gap gapirib qo‘ygan, shekilli, o‘g‘lim menga sapchiydigan, gap qaytaradigan, qaysar bo‘lib qoldi. U ko‘pincha allaqayerlarga yo‘qolib ketadi, qattiq urishgani mendan battar sovub ketmasin, deb cho‘chiyman…

Uning bu gaplarini eshitib, qanday maslahat berishni o‘ylab qolasan kishi.

– Yaqinlarim erim bilan endi ajrashgan paytimda: “Hali yoshsan, turmush qursang bo‘lardi. O‘g‘ling hozir kichkina, bilmaysan. Sal kattaroq bo‘lsa, unga qattiqqo‘l ota tarbiyasi ehtiyoj sezasan”, deyishganida, men: “Bir er bo‘lsa ko‘rdim, bolamni o‘zim bir amallab boqib olaman”, degandim. Ular to‘g‘ri aytishgan ekan, deydi S. pushaymonlik bilan. Endi u o‘ziga kuchiga ishonmay qo‘yishi mumkin, oilada boshliq sifatida qudratini his qilmasligi mumkin. Bu kayfiyat uni battar dovdiratadi, natijada o‘smir bolaning jilovi qo‘ldan chiqib ketish ehtimoli kuchayadi.

Yolg‘iz boshi bilan farzand voyaga yetkazishning boshqa muammoli jihatlari ham yo‘q emas. Yolg‘iz ayol ko‘proq mehrini bolasiga beradi. Erning xizmati, erkak kishi bilan bog‘liq burchlari bo‘lmagach, bor quvvatini farzandiga sarflaydi. Natijada aksariyat bunday haddan ziyod erkalatilgan o‘g‘il-qizlar xudbin, erka bo‘lib o‘sadi. Xudbinlik esa bolani sog‘lom muhitdan uzoqlashtiradi.

Juda ko‘p jihatlardan olib qaraganda ham yolg‘iz yashash ayolga naf keltirmaydi. Inson, ayniqsa, ayol kishi baribir tabiatan guldek nozik jon. U o‘zini chinakam ayol deb his qilishi uchun yonidagi kuchli bir jins vakiliga – eriga suyanishi kerak. Shunda dag‘allashib ketmaydi. Azaliy tabiatidan uzoqlashmaydi. Yolg‘iz ayollar esa doimiy ravishda hayot aravasini o‘zi tortgani uchun aksariyat hollarda asliyatidan uzoqlasha borishadi. Qo‘pollashadi. Bu ham ayolning – onaning tabiiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yolg‘iz ayol haqidagi fikrimizni davom ettiraversak, ayol kishi ko‘pincha jufti halolining ko‘ngliga yo‘l topish uchun o‘ziga qaraydi, orzu-havas bilan kiyinadi, shirin taomlar pishiradi. Yolg‘iz ayolda esa ana shunday ishtiyoq, havas bo‘lmasligi mumkin. Turmush o‘rtog‘ining oldida majburiyatining yo‘qligi ayolni ham ruhan, ham jismonan dangasa qilib qo‘yadi. Bir so‘z bilan aytganda, yolg‘izlik ayolning o‘zi va oilaviy hayotiga ijobiy ta’sir qiladi, deb bo‘lmaydi. Takror ta’kidlash lozimki, taqdir taqazosi bilan o‘limmi yo olis safar boismi, taqdiriga bu muhr bosilgan ayolga bir narsa deyishdan ojizmiz. Lekin: “O‘zimni o‘zim eplayman. Menga birovning xizmatini qilish zarur kelibdimi?

– O‘zim er, o‘zim xotinman…” kabi sabablar bois yolg‘iz yashayotgan ayollarga juftlikning mashaqqatiga yarasha xosiyati ham borligini eslatishni joiz bildik.

Nasiba TOSHXO‘JAYEVA,

Yana o‘qing:  QANOT YOYAYOTGAN TASHABBUS

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman otinoyisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: