Xayr-saxovat – ezgu qadriyat

Mehr-muruvvat, xayr-saxovat kabi ezgu amallar xalqimizning azaliy qadriyatidir. Oramizda shunday insonlar borki, yiqilganga tayanch, bemorga malham, ehtiyojmandga bisotidan tuhfa hadya etib, el ishiga kamarbasta hayot kechiradi. Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Xadicha Qurbonova yaqinda ana shunday xayrli ishni amalga oshirdi.

U Toshkent viloyati Perinatal markazi tarkibidagi 20 o‘rinli «Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash bo‘limi»ga zarur tibbiyot anjomlari, jumladan, ikkita chaqaloqlar tarozisi, xona havosini tozalovchi moslama (kvars), tibbiyot anjomlarini quyosh nuridan asrash maqsadida uchta deraza oynalari uchun jalyuzi pardalari taqdim etdi.

Ushbu homiylik ishi uchun Xadicha Qurbonovaga Perinatal markazi bosh shifokori L.Qarabayeva, bo‘lim mudirasi D.Eshmetova hamda tibbiyot muassasasining o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari o‘z minnatdorligini bildiradi.

Yana o‘qing:  Vatanimizning bosh maydoni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: