Tuproqdan zar topgan olim

Tuproq hamisha tirik va uyg‘oqdir. Tuproqshunos olim shunday o‘ylar bilan olis-olislarga tikiladi. Ko‘z o‘ngidan Surxondaryo osmoni, uning bepoyon adirlari ketmaydi, tuprog‘i otashida sog‘inch hissini tuyadi. Toshkent davlat agrar universiteti “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi professori Xushvaqt Namozov shu kengliklar, oltin Surxon farzandi…

Katta oilaning to‘ng‘ich farzandi, yurt koriga yarash maqsadida ota-onasining duolarini olib, Toshkentga yo‘l oldi. Bo‘lajak olim o‘z oldiga tuproq ilmini o‘zlashtirishdek ulkan maqsadni qo‘ydi. Nomzodlik dissertatsiyasini yoqlash asnosida “Jizzax cho‘li meliorativ sharoitlari va ularni sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi” mavzusini chuqur o‘rgandi. Ko‘p o‘tmay kafedra dotsenti etib tayinlandi.

 

Aslida mehnat faoliyatimni Ukrainaning Odessa viloyatidagi “Pravda” xo‘jaligida agronomlikdan boshlaganman. So‘ng O‘zFA Agrokimyo va tuproqshunoslik instituti aspiranti, Toshkent davlat agrar universiteti assisenti, 1997 yildan kafedra dotsenti, joriy yildan boshlab esa professor sifatida ish faoliyatimni olib bormoqdaman. Fanlarga oid ma’ruzalarim, laboratoriya mashg‘ulotlari, yangi pedagogik texnologiyalar va multimediya asosidagi darslar har bir talabada tuproq ilmini o‘zlashtirishga yanada qiziqish uyg‘otadi. Tuproq so‘zining ma’nosi teran, ko‘p qirrali, beqiyos. U – onamiz, Vatanimiz va borlig‘imiz.

 Olim bor imkoniyatini O‘zbekiston tuproqlarini o‘rganishga qaratdi: U 9 ta darslik, 3 ta monografiya, 16 ta o‘quv qo‘llanma, 400 ga yaqin ilmiy izlanishlar muallifi hamdir.

Har bir raqam ortida yillar zahmati, bedor tunlar va quvonchli kunlar zavqi yashaydi. Tuproq hidi ketmas olim qo‘llari va qalbidagi yerga bo‘lgan ulkan muhabbat bu.

 

Shogirdlarimga yerni eshiting, tilini tushuning, deb uqtiraman. Men tuproq ilmidan qadimiyroq ilm ko‘rmadim. Uni dunyo yaralganidan to bizning davrimizgacha, bizdan keyin ham olimlar o‘rganishadi.

 

Xushvaqt Namozov – dunyo ko‘rgan olim. Hindiston, Xitoy, Misr Arab Respublikasi, Niderlandiya kabi mamlakatlarning nufuzli ilm dargohlarida dunyo tuproqshunosligiga oid sir-asrorlarni chuqur o‘rgandi. Hozirda “O‘zbekiston tog‘li quruq subtropik tuproqlari va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish” mavzusida izlanmoqda.

Dunyo mamlakatlarida e’tirof etilgan, YUNYeSKOning “XXI asr fuqarosi” maqomiga ega olim ayni paytda 20 nafar magistr va 3 nafar aspirantning qadrli ustozi, ilmiy rahbaridir. U oliy ta’lim tizimi tanlovlarida muvaffaqqiyatli qatnashdi. “Eng yaxshi pedagog”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” tanlovlarining g‘olibi bo‘ldi. Hozirda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘mita ekspert guruhi a’zosi, Turon Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, Rossiya xalq fanlar akademiyasi akademigi hisoblanadi.

Yana o‘qing:  Jigarlar

Ustoz olim doimo ilm, kitob va tuproq, deya yashaydi. Ular hamisha tirik va uyg‘oq, deb sanaydi. Tuproqdan borliq havosi keladi. Bu havo insonga jon, tabiatga tiriklik, koinotga go‘zallik bag‘ishlaydi. Ona tuproq o‘yi va ilmdan baxt topgan olimga kelgusi yo‘llari bundan-da sharafli va munavvar bo‘lishini tilaymiz.

 

Oygul SUYUNDIQOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: