TIBBIY SAVODXONLIK – SALOMATLIK ASOSI

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan harbiylar va ularning oila a’zolari salomatligini mustahkamlash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida 2012 yilda samarali ishlar amalga oshirildi.

Respublika bo‘yicha jami 124 ta harbiy qism va harbiy bilim yurtlaridagi 11277 nafar harbiylar va ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shularning 5345 nafari ayollar, 4151 nafari bolalar, 290 nafari o‘smirlar, 560 nafari erkaklar va 931 nafari harbiylarni tashkil etdi. Fuqarolarda aniqlangan xastaliklarni sog‘lomlashtirish uchun ularga dori-darmonlar bepul berildi. Shuningdek, ularga sanitariya va gigiyena vositalari ham tarqatildi. Jumladan, poytaxtimizning Chilonzor, Sergeli, Xamza, Bektemir tumanlarida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ayniqsa, tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan “Reproduktiv salomatlik haqida”, “Qarindosh-urug‘lar orasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Yod tanqisligi kasalliklari”, “OITS qanday kasallik?” kabi tibbiyot yo‘nalishidagi dolzarb suhbatlar, zamonaviy multimediya texnologiyalari yordamida namoyish etilgan videofilm yig‘ilganlarda katta taa’surot qoldirdi.

Xizmat burchini bajarish vaqtida vafot etgan harbiylarning 15 nafar farzandlari yozgi ta’til davrida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tibbiy-ijtimoiy Markaz hududida tashkil etilgan “Sog‘lom avlod – 2012” kunduzgi bolalar dam olish maskanining 1-smenasida maroqli hordiq chiqarishdi.

Ma’lumki, oilada avvalo onaning sog‘lom bo‘lishi va tibbiy bilimga ega bo‘lishi barcha oila a’zolarining salomatligini kafolatlaydi. Shu bois ayollar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida tibbiyot xodimlari tomonidan “Klimaterik davrda yuzaga keladigan asoratlarning oldini olish”, “Zamonaviy kontratsepsiya usullari haqida tushuncha va ulardan to‘g‘ri foydalanish”, “Reproduktiv salomatlik” mavzularida filmlar namoyishi bilan birgalikda davra suhbati o‘tkazildi.

Oila sog‘lom bo‘lsa, avlodimiz sog‘lom bo‘ladi. Demak millatimiz sog‘lom bo‘ladi. Yurt obodligi ham ana shu elu-yurt salomatligi bilan chambarchasdir. Bu yo‘lda sidqidildan xizmat qilish va ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shish bizning mas’uliyatli burchimiz ekanligidan mamnunmiz. Kelajakda ham aholi o‘rtasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, tibbiy savodxonlikni oshirish yo‘lidagi ishlarimizni keng miqyosda olib borishni rejalashtirmoqdamiz.

Jumabek NUROV,

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi “Onalik va bolalik” bo‘limi boshlig‘i

Yana o‘qing:  Tenglar ichra nufuzi teng

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: