Tadbirkorga kim madadkor?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, eng avvalo, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan va ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishidan dalolat beradi.

Farmonda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga asossiz aralashishdan ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat nazoratining prinsipial jihatdan yangi bir qator mexanizmlari belgilanmoqda.

Joriy yildan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinib, yuridik shaxsning tugatilishi bilan bog‘liq tekshirishlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkaziladi xolos. Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi.

Shunday qilib nazorat qiluvchi organlar endilikda rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkazishni tashkil qilish huquqiga ega emas. Bunda fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ta’minlash maqsadida faqat jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazishning cheklangan imkoniyati saqlanib qoladi. Bunday tekshirish faqat Respublika kengashining qaroriga muvofiq o‘tkazilishi mumkin va tekshirish muddati bir ish kuni bilan cheklangan.

Bundan tashqari tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo‘llash ta’qiqlangan.

Ko‘rsatib o‘tilgan normalar tadbirkorlik sub’yektlarini ikki marta jazolashni istisno etibgina qolmay, balki birinchi marta huquqbuzarlikni sodir etgan va o‘z aybini yuvgan fuqarolarga o‘zining tadbirkorlik faoliyatini salbiy oqibatlarsiz davom ettirish imkonini beradi. Bu chora ularning ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirishga ham yo‘naltirilgan.

Odil MUSAYEV,

Uchtepa tuman 7-sonli davlat notarial idorasi notariusi

Yana o‘qing:  Tabiat insonga hayot tortiq etib, dard tortyapti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: