Skrining tekshiruvi ona va bola salomatligining asosidir

Onalik baxti arafasida turgan ayol uchun bo‘lajak farzandining to‘rt muchasi sog‘lom rivojlanayotganini bilish juda muhimdir. Bunda albatta tibbiyot xodimlari skrining xizmatidan foydalanishni tavsiya etadilar. Xo‘sh, mamlakatimizda bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda. Uning afzalliklari nimalarda namoyon bo‘ladi?

Aytish joiz, mamlakatimizda mustaqillik yillarida sog‘lom oilani shakllantirish, ayollar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, irsiy kasalliklar va bolalikdan nogironlikning oldini olish maqsadida maxsus tibbiy xizmatni rivojlantirishga doir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ma’lumki, tibbiy genetik xizmatni takomillashtirmasdan, homilada rivojlanish nuqsonlarini aniqlash uchun tug‘ruqqa qadar diagnostikani va chaqaloqlarda irsiy kasalliklarga skrining tekshiruvlarini o‘tkazmasdan turib bolalar o‘lim ko‘rsatkichini, bolalikdan nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirishga erishib bo‘lmaydi. Skrining – bu yashirin tug‘ma va irsiy kasalliklarni aniqlash uchun aholining katta qismini tekshiruvdan o‘tkazish demakdir. Respublika Skrining markazi va uning joylardagi xududiy markazlarining asosiy maqsadi – irsiy kasallik bilan tug‘ilgan bolalarga maxsus tibbiy-genetik xizmat ko‘rsatish va homilani rivojlanish nuqsoni yoki go‘daklarning nogironlikra olib keluvchi kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish maqsadida homilador ayollarni tekshiruvdan o‘tkazishdan iborat.

Odatda homiladorlik davrida ayollar kamida uch marta ilk bor homiladorlikning 11-13 haftasida, keyin 18-21 hamda 30-32 haftaligida UTT tekshiruvidan o‘tishlari lozim. Ammo homilador ayolni nazorat qilayotgan shifokor tavsiyasiga ko‘ra UTT tekshiruvidan yana qo‘shimcha ravishda o‘tish mumkin bo‘ladi.

Bir qator mamlakatlarda populyasion genetik skrining xizmatining tashkil qilinishi aholi o‘rtasida tug‘ma va irsiy kasalliklarning sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Ushbu muammo nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy ekanini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qaroriga binoan 1998 yilda bolalarda irsiy kasalliklar natijasida kelib chiquvchi aqliy zaiflikning oldini olish hamda homilani tug‘ma rivojlanish nuqsoni bilan tug‘ilish xavfini aniqlash maqsadida “Ona va bola skriningi” Davlat dasturi qabul qilindi. Besh yilga mo‘ljallangan ushbu dastur homilador ayollarni tekshiruvdan o‘tkazish hamda qator kompleks tadbirlarni o‘z ichiga qamrab oldi.

Skrining markazlari zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy jihozlar va malakali xodimlarga ega bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boradi: prenatal (tug‘ruqqacha bo‘lgan) davrda homilada rivojlanish nuqsonini aniqlash, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tug‘ma gipotireoz va fenilketonuriya kasalliklariga ommaviy skrining o‘tkazish, irsiy va tug‘ma kasallik bilan tug‘ilganlarga va shunday farzandlari bor oilalarga tibbiy-genetik maslahat berishdan iborat.

Yana o‘qing:  Uyg‘oq kasbning zalvorli qiyofasi

Skrining markazlari faoliyatida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sog‘lom oilalarni shakllantirish, tug‘ma va irsiy kasalliklar bilan tug‘ilishni hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish, aholi tibbiy madaniyatini oshirish, fertil yoshidagi ayollar reproduktiv salomatligini yaxshilash bo‘yicha ma’rifiy ishlarni olib borishga alohida e’tibor qaratilmokda. Bu ishlar qishloq vrachlik punktlari, mahallalar, kollejlarda aholi bilan uchrashib videoroliklar namoyish qilish va bukletlar tarqatish orqali amalga oshirilmokda.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi va 2013 yilning 12 martida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-2017 yillar davrida bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, skrining markazlari faoliyatida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va mustahkam oilalarni shakllantirish, tug‘ma hamda irsiy kasalliklar bilan tug‘ilish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish, aholi tibbiy madaniyatini oshirish, fertil yoshidagi ayollar reproduktiv salomatligini yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

Shu bilan bir qatorda sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida, ya’ni barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida ayollarni homiladorlikning 10-14-haftasida ommaviy ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda yana bir hududiy skrining markazi (Toshkent viloyatida)ni tashkil etish va uni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, barcha skrining markazlari biokimyoviy analizatorlar bilan jihozlanadi. Bu esa o‘z navbatida bolalarda qator moddalar almashinuvi buzilishi irsiy kasalliklarini tashxislash imkonini beradi.

Dastur doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar mamlakatimizda bolalikdan irsiy va tug‘ma kasalliklar natijasida kelib chiquvchi nogironlikning kamayishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: