Siz aralashmang…

Dam olish kunlari hamma oiladagi kabi biznikida ham ish ancha ko‘payadi. Oilaviy uy yumushlariga barchamiz birdek kirishamiz. Bu gal ham hamma o‘ziga belgilangan ish bilan band. Yangam esa televizordan ko‘zini uzolmayotgan jiyanimga aytgan yumushini qildirolmay jig‘ibiyron.

Bu holatga jim qarab turolmay, onasining gapiga quloq solmayotgan jiyanimga tanbeh berdim. “Ertalabdan hamma ish bilan band. Sen esa beparvosan, televizordan ko‘zingni olmaysan. Onangni buncha qiynaysan?” desam, jiyanim nima deydi, deng?

– Uff! Amma, siz aralashmang, iltimos. Bu men bilan oyim o‘rtasidagi gap?

Jim bo‘lib qoldim. Rost, ularning tortishuviga o‘zim kelib aralashdim. Balki bu mening ishim emasdir.

Ko‘chaga chiqdim. Ertalabdan zax havo. Qo‘shnimizning qizi ko‘cha supurardi. Qarab tursam, ishini tugatib, yig‘ilgan supurindini ko‘cha o‘rtasida qoldirganicha uyiga kirib ketayapti. Bu qanaqasi bo‘ldi?

– Gulnoza, ertalabdan ko‘chani supurib, yaraqlatib qo‘yganingiz yaxshi-yu, manavi uyib qo‘ygan supurindingiz hozirgina o‘zingiz supurib, tozalagan ko‘chaning fayzini buzayapti-da…

Qo‘shni ayolning kutilmaganda jahli chiqib ketdi:

– Voy, o‘rgilay, sizga nima? Boshqalarning ishiga aralashmang! Shu o‘lgur supurindi olinar, qolib ketmas. Birovning ishiga aralashmay, tinchgina yo‘lingizga ketavermaysizmi?

Eh! Yana noto‘g‘ri ish qildim, shekilli. Ertasiga do‘stlarim bilan shahar markazidagi istirohat bog‘iga aylangani bordim. Maskan gavjum. Attraksionlardan taralayotgan qiyqiriq ovozlari quloqni qomatga keltiradi. Bog‘ning yonginasidagi katta anhorda suv to‘lib oqmoqda. Anhor bo‘yidan ketayotib, suvda “baklashka”, sellofan xaltachalar, pista po‘choqlari va yana allambalolar suzib yurganini ko‘rib, xafa bo‘lib ketdim. Yetmagandek, biroz narida, soyadagi o‘rindiqda o‘tirgan ikki-uch nafar qiz chaqayotgan pistasining po‘chog‘ini anhorga tashlayapti. Shunaqayam madaniyatsizlik bo‘ladimi?

– Qizlar, shu ishingiz yaxshimi? Shundoq yonginangizda chiqindi solinadigan idish bor-ku, – dedim kuyib-pishib.

Mening gapim ularning ensasini qotirdi. Biri qoshlarini chimirib:

– Sizga nima? Ko‘cha hammaniki. Yo hammani ogohlantirib, qo‘lidagi lash-lushini terib chiqarmidingiz? Yaxshisi, bizning ishimizga aralashmang! – dedi.

Ufff! Yana o‘zim baloga qoldim. Lekin qizlarning iddaosida ham jon bor. Haqiqatan ham hammani ogohlantirib chiqishga mening kuchim ham vaqtim ham yetmaydi-ku!

Yana shu gap! Yo‘q, endi chidab bo‘lmaydi. Azbaroyi jahlim chiqqanidan telefon go‘shagini jahl bilan joyiga qo‘ydim.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston – jonajon diyor

“Aralashma, aralashma, aralashma!” Bu qanday gap o‘zi? Nega hamma shu gapni dastak qilib olgan? Axir, men aralashmasam, siz aralashmasangiz, u aralashmasa, kim aralashadi bu ishlarga? Kim?

Sohiba SUYUNOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: