SAYLOV TAMOYILLARI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasining 2-qismida “O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi” deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan bu huquqiy normaga e’tibor bersangiz u o‘zida demokratiyani ifodalashini his qilasiz. Ushbu huquqiy norma “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida yanada kengroq ochib berilgan.

Umumiy saylov huquqi O‘zbekistonning 18 yoshga kirgan har bir fuqarosi egaligida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, saylovchilar ro‘yxatiga saylov uchastkasi hududida saylovchilar ro‘yxati tuzilayotgan paytda muqim yoki vaqtincha yashab turgan barcha fuqarolar kiritilishida, har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkinligida, barcha fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan saylov huquqlari davlat muhofazasiga olinganligida namoyon bo‘ladi. “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida saylovchilar qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar, ularga hokimiyatning vakillik organlari saylovlarida bevosita qatnashish huquqi kafolatlangan.

Teng saylov huquqi tamoyilining ma’nosi shuki, mamlakatimizning har bir fuqarosi bir ovoz berish huquqiga ega, bundan tashqari saylovlarda hamma teng asoslarda qatnashadi, ya’ni katta-kichik, erkak-ayol teng saylov huquqlariga ega. Harbiy xizmatchilar barcha boshqa fuqarolar bilan teng ravishda saylov huquqlaridan foydalanadilar. Hech kim saylovda boshqa shaxslarga nisbatan biron bir afzallikka ega emas. Ya’ni, fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishidan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqiy va milliy mansubligidan, ma’lumotidan, dinga munosabatidan, mashg‘ulotlarining turidan qat’iy nazar biron-bir cheklashlarga yo‘l qo‘yilmasligi teng saylov huquqini amalga oshirilishini ta’minlaydi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi hokimiyat vakillik organlariga saylov to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazilishini bildiradi. Saylovchilarning xohish-irodalarini bildirishlariga chetdan ta’sir ko‘rsatish va ularni nazorat etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Saylovchilar namzodlarga saylov vaqtida bevosita ijobiy yoki qarshi ovoz berish huquqiga egadirlar. Mamlakatimizda saylovlar o‘tkazish saylovchilarning ularda ixtiyoriy qatnashishlariga asoslangan. Hech kim fuqarolarning saylovlarda qatnashishini yoki qatnashmasligini majburiy ravishda amalga oshira olmaydi. Saylovchilarning saylov vaqtida erkin xohish bildirishini ta’minlaydigan yana bir omil, saylov kuni tashviqot ishlarini yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yashirin ovoz berish tamoyili ovoz berishning eng demokratik usuli bo‘lib, o‘z irodasini bildirishlari ustidan nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmasligini nazarda tutadi. Sababi ovoz berayotgan shaxsga hech qanday tashqi ta’sir qilmasligi lozim. Bu taomilga ko‘ra saylovchilar alohida xonada yakka o‘zi xohishiga ko‘ra ovoz beradi. Uning kimga, ovoz berganini hech kim bila olmaydi. Bu esa ovoz beruvchiga erkin harakat qilish imkoniyatini beradi.

Yana o‘qing:  “MASH’AL” – dilga yaqin to‘lqin

Zero, ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun saylov qutilari o‘rnatilgan, kabinalar jihozlangan, saylov byulletenlari tayyor etib qo‘yilgan bo‘ladi. Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida mustaqil ravishda to‘ldirilayotgan paytda chetdan saylovchiga hech kim ta’sir o‘tkazishi mumkin emas.

Yana shuni ta’kidlash kerakki, saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar ro‘yxati bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati berilgan. Har bir fuqaro saylovchilar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Saylov komissiyasi 24 soat ichida bu arizani ko‘rib chiqib, asoslantirilgan javobni aytishi shart. Bu tamoyillar mamlakatimizda saylovlar ochiq, oshkora, adolatli va demokratik ruhda o‘tishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi hokimiyatining vakillik organlariga deputatlar besh yilga saylanadilar.

Javlon Sa’dullayev

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: