San’atga muhabbat

San’at sohasi, ayniqsa, rassomchilik insondan katta sabr-toqat, mehnat va izlanish talab qiladi.

Gohida tanlagan mavzuga doir ko‘p kitob varaqlaysiz. Gohida chizganing yoqmay, yirtib tashlaysan. “Qaytib qo‘lingga qalam olmayman”, deysan o‘zingga o‘zing. “Mendan zo‘r rassom chiqmaydi”, deya o‘kinasan. Biroq, yuraging tubidagi bir istak bu mashaqqatli va jozibali yo‘lga boshlayveradi.

San’atga muhabbat bu Alloh bergan ichki tug‘yondir. Mana shu muhabbat mening qo‘limga takror va takror qalam tutqazadi. Oldimda turgan sinovlardan hayiqmay, olg‘a intilishga, o‘z ustimda izlanishga, mehnat qilishga undaydi. Tundan keyin kun kelganiday, mehnat ortidan ham rohat borligi, shubhasiz. Ijodkor o‘ylagan, xayol qilgan asarini tugatganidan so‘ng qalbida ana shu rohatni chuqur his etadi.

Men ko‘proq grafika va natyumort yo‘nalishida rasmlar chizaman. Yurtimiz noz-ne’matlari aks etgan natyumortlar ijodimning asosini tashkil qiladi. Grafika yo‘nalishida “Ayol”, “Qush”, “Qizaloq” nomli rasmlar chizdim. Hozirgacha yaratgan asarlarim ko‘nglimdagi niyatlarimning bir parchasi, xolos. Kelgusida Vatanimiz nomini dunyoga yoyib, ajoyib tabiatimiz, yurtimiz jamolini jahonga ko‘z-ko‘z etgim bor. Bu yo‘lda menga ko‘makdosh va yelkadosh bo‘layotgan ustozlar hamda ota-onamga ta’zim qilaman.

Yurtimiz osmoni doimo musaffo va yorug‘ bo‘lsin!

 

Shahnoza ALLAYOROVA,

Kamoliddin Behzod nomidagi rassomchilik va

 dizayn instituti 2-bosqich talabasi

Yana o‘qing:  Bosh qomus va qonunchilik: osoyishta hayotimiz asosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: