RO‘ZA VA SALOMATLIK

(Davomi. Boshi o‘tgan sonda)

Dunyo olimlari ro‘zaning sog‘liqqa foydasi haqida bir qancha fikrlarni bildirganlar. Ro‘za tufayli jigar o‘ziga tushadigan yukdan dam oladi. Va dam olish asnosida vujud uchun hayotiy zarur moddalarni ishlab chiqaradi. Buning natijasida esa insonning muhofazalanish tizimi quvvatlanadi.

Ro‘zaning asab tizimiga bergan eng katta foydasi uning qattiq hayajondan yuzaga keluvchi ruhiy zarbalarni yo‘q qilishidir. Ruhiy zarbalar esa ma’lumki, sog‘liqning dushmanidir. Ro‘zaning butun bir tizimlarga sezilarli ta’siri oxir-oqibatda bir qator umumiy ne’matlar olib keladi. Masalan, jigar dam olgani uchun vujud xavfsizligiga tayyorlangan himoyachi moddalar kuchliroq bo‘ladi. Ayni shu hodisa tufayli ro‘zadan so‘ng o‘zimizni bardamroq his qilamiz. Jismimizdagi ortiqcha xiltlar eriydi, ishtahasiz va zaif kishilar kuchga kiradilar.

Ro‘zaning tibbiy hikmatlari bo‘yicha mutaxassis doktor Xelga Buxler “ochlik e’lon qilish” bilan “ro‘za” orasidagi farqni shunday ifodalaydi:

“Ikkisining orasidagi farq insonning niyatidir. Ro‘za musbat va istakli harakatdir. Ochlik e’lon qilishning manbai esa g‘azab va norozilikdir. Ma’lumki, g‘azablanish va asabiylashish holatlari me’da shirasi kislotasining ishlab chiqarilishiga, bu esa o‘z navbatida ochlikka sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham ro‘zador kishi ochlikni his etmas ekan, ochlik e’lon qilgan odam kuchli ochlikning changaliga tushadi”.

Bizda Ramazon ro‘zasini tutish haqida noto‘g‘ri tushuncha bor. Bular, ko‘proq uxlash, ko‘proq ovqat yeyish, oziq-ovqat g‘amlash kabilardir. Zero, Imom G‘azzoliy aytganlar: “Saharliginglar oddiy kundalik nonushtanglar kabi bo‘lsin. Iftoringlar esa oddiy kechki taominglar kabi bo‘lsin”.

Ro‘zadan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri oziq-ovqatdan dam olish, uni kam iste’mol qilishdir.

Bu bilan tanamizga yengillik berib, uning sog‘ligini tiklash mumkin.

(Davomi bor.)

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li,

Shayxontohur tumani bosh imom xatibi

Yana o‘qing:  Ohanglar parvozi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: