Qadim o‘tmish merosi

 Yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni singdirish uchun boy madaniy merosga egamiz.

Avesto va O‘rxun-Enasoy bitiklari bu borada muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Aytish kerakki, ushbu manbalar barcha davrlarda o‘z qiymati va ahamiyatini yo‘qotmagan. Negaki, bunday qimmatli ma’lumotlarga boy tarixiy manbalarning ma’naviy kuchi Markaziy Osiyoda uyg‘onish davrining yuzaga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ularda ilmga intilish, kitobni ulug‘lash, ruhiy poklanish, axloqiy kamolotga erishish, adolat, do‘stlik, komil shaxsni tarbiyalash kabi insoniy qadriyatlar olg‘a surilgan. Shuning uchun ham bu davrdagi olimu fuzalolar yuksak tafakkur egasi sifatida savobli va salmoqli ishlarni amalga oshirishgan.

Afsuski, xalqimiz tarixida ma’naviy-ma’rifiy yuksalishlar hamma vaqt ham qo‘llab-quvvatlanmagan, ayrim hollarda keskin qarshiliklarga duch kelingan. Ongli ravishda ming yillardan beri shakllantirilib, rivojlantirilib kelingan milliy-ma’naviy qadriyatlarni odamlar ongidan, xotirasidan, qalbidan o‘chirishga harakat qilingan. Biroq, xalqimizning azaliy orzusi hech qachon so‘nmagan.

Shunday ekan bunday boy ma’naviy meroslarimizdan imkon darajasida yoshlarimizni boxabar qilmog‘imiz, bu orqali ularni komil shaxs bo‘lib kamolga yetishiga hissa qo‘shmog‘imiz lozim.

 

Zamira NAZAROVA,

Buxoro Madaniyat kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Tarbiya uchun eng yaqin ko‘makchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: