OROL VA OROLBO‘YI MUAMMOLARINI BARTARAF ETISH YO’LIDA XALQARO HAMKORLIK

Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferenöiya ishtirokchilari Urganch shahriga yetib kelishdi. 28 oktyabr kuni ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi xo‘jaliklarda, tibbiyot muassasalarida bo‘lishdi, Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.

O‘zA maxsus muxbirlari xalqaro anjuman ishtirokchilarining ayrimlari bilan suhbatlashdilar.

Xans-Ulrix IM, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining ijrochi qo‘mitasi maslahatchisi va xalqaro loyihalar bo‘yicha menejeri:

– Orolning qurigan qismidan millionlab tonna tuz va chang ko‘tarilib, juda katta hududda havo va tuproq ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu aholi, jumladan, yosh avlod salomatligiga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotir. Bugungi kunda Orolbo‘yi aholisi genofondini asrash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekistonda Orolbo‘yidagi ekologik muammo va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik. Tashkilotimiz faoliyatida mamlakatingiz alohida o‘rin tutadi. Xususan, O‘zbekiston bilan hamkorlikda suv resurslaridan oqilona foydalanish, soha mutaxassislari malakasini oshirish, o‘rmonzorlar barpo etishga oid qator loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Mazkur global muammo oqibatlarini yengillashtirish yo‘lida birgalikda harakat qilishimiz, bu ishga jamoatchilikni yanada kengroq jalb etishimiz va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashimiz lozim.

Anxel Fernandes RAMOS, “CYTSA” kompaniyasi menejeri (Ispaniya):

– Ushbu konferenöiyaga ko‘plab mamlakatlardan, nufuzli xalqaro tashkilotlar va kompaniyalardan vakillar tashrif buyurgani ularning Orol muammosini hal etishga o‘z hissasini qo‘shish niyatida ekanidan dalolatdir.

Kompaniyamiz instituöional rivojlanish, biznes-innovaöiyalar va muhandislikda qo‘llaniladigan mahsulotlarni yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Orol dengizi muammosini, uning global miqyosda atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish hamda oqibatlarini yumshatish borasidagi loyihalarda faol ishtirok etish niyatidamiz.

O‘zbekistonga kelganimdan qalbim quvonchga to‘ldi, ruhim ko‘tarildi. Xivadagi betakror tarixiy obidalar, milliy libos va hunarmandlik buyumlari har qanday kishini hayratga soladi. Ichanqal’ani ko‘rib, mahobatli minoralar orasida o‘zimni go‘yo mo‘jizalar olamida yurganday his etdim.

Kim Xak SU, Koreya Respublikasi xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) katta maslahatchisi:

– Bugungi kunda Orol muammosi nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasining, balki butun dunyoning muammosiga aylangan.

Beruniy tumanidagi yoshlar bog‘iga daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishda ishtirok etganimizdan, bu yerdagi ekologik holatni yaxshilashga oz bo‘lsa-da, hissa qo‘shganimizdan xursandmiz. Orolbo‘yida qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli butalar ekish, dov-daraxtlar va o‘simliklarni ko‘paytirish bo‘yicha bu kabi loyihalar amalga oshirilayotgani diqqatga sazovor. KOICA O‘zbekiston bilan bu boradagi hamkorlikni rivojlantirish, qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish niyatida.

Yana o‘qing:  Zamonaviy shifoxona el xizmatida

Ernest ROBELLO, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining dasturi rahbari:

– Manzarali daraxtlar bog‘ida ko‘chat ekish xalqaro anjumanga kelgan delegaöiyalar a’zolari uchun ushbu mintaqada ekologik ahvolni yaxshilashga hissa qo‘shish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Hamkorlik aynan shu tarzda mustahkamlanadi va mazkur xalqaro konferenöiya ham shu maqsadga qaratilgan.

Ekologik ofat hududida yangi bog‘-rog‘lar, ihota daraxtzorlari hududini tashkil etish, sog‘liqni saqlash tizimi ob’yektlarini rekonstruköiya qilish va texnologik yangilash bu yerda yashayotgan aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Konferenöiya natijasida mintaqada loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchilar soni yanada ko‘payishiga ishonaman.

Andreas BRUNDER, Xalqaro mustaqil tibbiy-insonparvarlik tashkilotining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy missiyasi rahbari:

– Tashkilotimiz O‘zbekiston bilan 1999 yildan buyon hamkorlik qilib keladi. O‘zbekiston rahbariyati mamlakatingizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va tibbiyot ob’yektlarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga katta e’tibor berayotgani alohida e’tirofga molik.

Mintaqada eng yirik suv havzalaridan birining tanazzulga uchrashi iqlim o‘zgarishi va ekologik muvozanatning yomonlashuviga olib kelmoqda. Bu muammoga birgalikda yechim topish zarur. Mazkur konferenöiya ekologiya masalalarini hal etish uchun yangi yondashuvlar ishlab chiqish, dolzarb loyiha va tashabbuslarni muhokama etish imkonini beradi.

Vilgelm MAYER, Shveyöariya Tashqi ishlar vazirligining suv sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili:

– O‘zbekistonda suv ta’minoti, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasida izchil islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Mamlakatingizda ushbu maqsadlar uchun katta miqdorda investiöiya sarflanayotgani, ko‘plab suv o‘tkazish tarmoqlari, kanallar va boshqa ob’yektlar qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotgani diqqatga sazovor.

Shuni qayd etish kerakki, O‘zbekiston ekologiya masalalarini hal etishga kompleks ravishda yondashmoqda. Masalan, biz Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi bog‘ barpo etishda bevosita ishtirok etdik. Kelajakda bu bog‘ mazkur mintaqada ekologik ahvolni yaxshilashga xizmat qilishiga umid qilamiz.

Xarvi BOISGUILLAUME, Franöiya Ekologiya, barqaror rivojlanish va energetika vazirligi departamenti direktori:

– O‘zbekistonda Orol bo‘yidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan ishlar e’tiborga molik. Hududni iqtisodiy rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash va uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qator yirik, aniq maqsadli dastur va loyihalar amalga oshirilayotir. Xorazm viloyati shifoxonalarida aholiga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoit bizni nihoyatda quvontirdi. Lekin bu borada hali yana ko‘p ishlar qilish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur.

Yana o‘qing:  G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

“Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferenöiya butun dunyo uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Forumda mintaqadagi muammolar atroflicha muhokama qilinib, Orolbo‘yidagi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilashga doir konstruktiv rejalar ishlab chiqilishiga ishonamiz.

Rafael JOZAN, Franöiya taraqqiyot agentligi ijrochi direktori maslahatchisi:

– Boy tarixiy va madaniy merosga ega O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda katta yutuqlarga erishmoqda. Ayniqsa, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish, yangi sanoat ob’yektlarini tashkil etish borasidagi muvaffaqiyatlar e’tiborga molik.

Tashkilotimiz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investiöiyalar va savdo vazirligi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Energetika tarmog‘i va chiqindilarni qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Ayni paytda Orol dengizi havzasida ham hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zA maxsus muxbirlari Nodira MANZUROVA, Mehribon MAMETOVA yozib oldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: