ONA SAYYORA

insoniyat e’tiboriga ehtiyoj sezmoqda

Bugun tabiat insoniyatning boyligi emasligi, balki odam uning tarkibiy bir bo‘lagi va uni o‘rab turgan tabiiy muhit ekani hamda insoniyatning rivojlanishi oddiy tabiiy resurslarni iste’mol qilishdangina iborat emasligi oydin bo‘lmoqda. Insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi o‘ta chuqurlashib, atrof muhitdagi bu bilan bog‘liq o‘zgarishlar qaytmas tus olishi, uning o‘ta vayronkor oqibatlarini tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish bilangina bartaraf etish mumkin emasligi barchamizga ayon.

Yer yuzasi umumiy maydonining 29 foizdan ortiqrog‘i quruqlikka hamda qolgan qismi dengiz va okeanlarga to‘g‘ri keladi. Yer fondi tuzilishida ishlov beriladigan maydonlar bor yo‘g‘i 11foizni tashkil qiladi. Ammo mana shu yerlarda inson uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizi yetishtiriladi.

Lekin, sayyoramizda kechayotgan ba’zi ziddiyatli jarayonlar uning fondi tuzulmasini tobora o‘zgartirib yubormoqda. Bir tomondan insoniyat hayot kechirish va qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarni kengaytirishga harakat qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan yerdan samarali foydalanmaslik natijasida uning tarkibi buzilish jarayonlari kuchaymoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra eroziya jarayonlari natijasida yiliga o‘rtacha 6-7 million gektar maydondagi yerlar qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelmoqda. Sanoat va transport infratuzilmasi sohasida amalga oshirilayotgan qurilishlar, yerosti boyliklarini qazib olish jarayonida hosil bo‘layotgan karyer va tuproq uyumlari jadal sur’atlar bilan qishloq xo‘jaligi ekinzorlarini siqib chiqarib, haydaladigan yerlar qurilayotgan suv omborlari ostida qolib ketmoqda.

Shuni ta’kidlash joiz, keyingi 50 yil davomida zaminimizdagi aholi soni salkam 3 barobarga ortdi. Shu davr mobaynida neft mahsulotlarining iste’moli 7, gaz – 15, toshko‘mir – 3,6, elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlari 21barobardan ortiqroqqa ko‘paygan.

Faqatgina XX asr davomida yer yuzidagi quruqliklarni o‘zlashtirish ikki barobarga oshgan. Yer maydonlari kam, lekin aholisi zich joylashgan mamlakatlar dengizlar qirg‘oqi bo‘ylarini kengaytirish hisobiga ekinzorlar bunyod etdilar. Masalan, Niderlandiya o‘zining hozirgi kundagi 40 foiz yer maydonini kanal va to‘g‘on tizimlari qurish hisobiga Shimoliy dengiz hisobidan tortib olgan. Dengiz kengliklariga shunga o‘xshash “hujum”larni Belgiya, Fransiya, Portugaliya, Yaponiya, Singapur va boshqa mamlakatlar ham olib bormoqda. Yangi yerlarni o‘zlashtirish maqsadida o‘rmonlarning kesilishi, nafaqat alohida mintaqalarda, balki butun sayyoramizda ekologik barqarorlikning, suv rejimining buzilishi va boshqa ko‘pgina ekologik ofatlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Rossiya, Qozog‘iston, AQSH, Kanada, Xitoy, Braziliyada quruqliklarni o‘zlashtirish keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Yana o‘qing:  Bulutlarga yondosh osmon ostida

Har yili Yer yuzasida 13 million gektar o‘rmonlar butkul yo‘q bo‘lib ketmoqda. Biologik resurslarning noyob genetik fondi hisoblangan hamda o‘simliklarning yangi navlarini va hayvonlarning avlodlari yaratilishida seleksiya ishlarining asosini tashkil etuvchi, dorivor preparatlarning asosiy qismini yaratishda qo‘llaniladigan Yerning biologik xilma-xilligidan noto‘g‘ri foydalanish tashvish uyg‘otmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzidagi tahminan 5 million flora va fauna turlardan hozirgi kungacha 1,4 million biologik tur tavsiflangan. Ushbu turlarga mansub o‘simliklarning 10-15 ming turi yo‘qolib bormoqda. Bu jarayon shu yo‘sinda davom etadigan bo‘lsa, sayyoramiz millionlab yillar davomida shakllangan o‘z biologik xilma-xilligining qariyb yarmini yaqin 50 yil ichida yo‘qotishi mumkin.

Tabiiy resurslarni haddan ziyod iste’mol qilish, atrof-muhit va tabiiy resurslarga antropogen ta’sirning ortishi, atmosfera havosida, okeanlarda, dengiz va daryolarda, o‘rmonlarda hamda tuproq tarkibida turli o‘zgarishlarga olib kelib, muayyan iqlim sharoitlariga moslashgan ko‘plab ekotizimlarga xavf tug‘dirmoqda. Hozirda iqlim o‘zgarishining oqibatlari yaqqol namoyon bo‘lib, tabiiy ofatlar tez-tez takrorlanib, rivojlangan davlatlar ham uning o‘ta vayronali ta’siriga uchramoqda, havoning, suvning va dengiz muhitining ifloslanishi millionlab insonlarni sog‘lom hayotdan mahrum etmoqda.

Bunga 2010 yil davomida Rossiya o‘rmonlarida hamda botqoqliklarni quritib, ekin maydonlariga aylantirilgan hududlarida yuz bergan yong‘inlar shuningdek, okeanlardagi to‘fonlar natijasida dunyoning ko‘pchilik mamlakat-muhitining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi yaqqol misol bo‘la oladi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Xalqaro Yer kuni munosabati bilan ta’kidlaganidek, “… insoniyat Yer resurslarining bitmas-tuganmas emasligini unutgan holda ushbu resurslarga asoslanmagan va o‘sib boruvchi talablarni qo‘ymoqda. Kishilik tarixining butun davrida insonlar tabiat in’omlaridan faqatgina o‘z farovonligi va rivojlanishi yo‘lida foydalanib kelishgan. Biz hamisha tabiatdan oldik va o‘rniga hech narsa bermadik. Hozirgi vaqtda tabiatdan nooqilona foydalanishning oqibatlari ochiq-oydin ko‘zga tashlanmoqda. Iqlimning o‘zgarishi va azon qatlamining yemirilishi, buning yaqqol misoli hisoblanadi. Bizning mavjudligimiz asosi bo‘lgan, sayyoramizdagi tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada xilma-xil bo‘lgan hayotning – biologik xilma-xillikning tez su’atlar bilan yo‘qolib borishi tashvishli holatdir. Chuchuk suv va dengiz akvatoriyalarining ifloslanishi ortmoqda, bir vaqtlar baliq resurslariga boy bo‘lgan okeanlar bo‘shab qolmoqda …”.

Yana o‘qing:  TANTI TABIAT NE’MATI

Atrof muhitni muhofaza qilishning asosiy maqsadi – bu insoniyatning rivojlanishi bilan musaffo holdagi atrof-muhitning uyg‘unligini ta’minlashdan iborat. Tabiat davlat va ma’muriiy chegaralarni tan olmaydi hamda ekologik tanglikni bitta yoki bir necha davlatlarning urinishlari bilan oldini olib yoki bartaraf etib bo‘lmaydi. Bularning barchasi atrof muhitning holati va unda kechayotgan o‘zgarish jarayonlari hamda tabiatning global qonunlarini boshqarayotgan asosiy tarkibiy mexanizmlarni tushunib yetishni taqozo etadi.

Mamlakatimizda mustaqillikdan so‘ng atrof-muhitni muhofaza qilishning institutsional va huquqiy bazasini yaratildi, bir qator xalqaro konvensiyalarga qo‘shildi hamda ushbu konvensiyalarning ko‘plab majburiyatlarini bajarish bilan atrof-muhitni muhofaza qilish ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari hosildorligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. “2008-2012 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi” doirasida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan faqatgina 2010 yilda 150 milliard so‘m sarflanib, 107 ta ob’yektda rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlardan, mamlakatimiz bir paytlardagi agrar respublikadan bosqichma-bosqich ravishda sanoati rivojlangan zamonaviy davlatga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga Davlat byudjetidan sarflangan mablag‘lar 2010 yilda 48,9 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2011yilda qariyb 60 milliard so‘mni, shundan bioxilma-xillik va landshaftni muhofaza qilishga 2010-2011 yillar davomida 55 milliard so‘m ajratilganini alohida e’tirof etish lozim.

Mavjuda RAJABOVA,

Jumanazar ATOJONOV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: