MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI

xalqaro talablarga mos ravishda faoliyat yuritmoqda

Xalqimiz milliy madaniyati va san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos maktab va an’analarini rivojlantirish yo‘lida hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik elimiz, ayniqsa, navqiron avlod ma’naviyatini yanada yuksaltirish, istiqlol yillarida ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda erishgan yutuqlarimizni jahonga namoyon etishdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yurtimizda namunaviy loyihalar asosida san’at o‘quv dargohlarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur qarorga asosan 278 ta bolalar musiqa va san’at maktabida 487 milliard 400 million so‘mlik qurilish-tiklash (136 ta yangi qurilish, 142 tasi kapital rekonstruksiya) ishlari bajarildi. Ularning barchasi 137 milliard so‘mlik zamonaviy musiqa cholg‘ulari, ovoz kuchaytirgich, mebel va uskunalar bilan jihozlandi.

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va Badiiy akademiya bilan hamkorlikda barcha ixtisosliklar bo‘yicha zamonaviy talablar asosida o‘quv rejalar ishlab chiqilib, tajriba sinovdan o‘tkazildi va amaliyotga tadbiq etildi. Natijada bolalar musiqa va san’at maktablarini bosqichma-bosqich ravishda zarur o‘quv-uslubiy qo‘llanma, nota, SD disk va ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.

O‘tgan yillar davomida bolalar musiqa va san’at maktablari 53 nomdagi 61 ming nusxa o‘quv-qo‘llanma va notalar bilan ta’minlandi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bolalar musiqa va san’at maktablarida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar natijasida o‘quvchilar qamrovi 1,5 barobarga ortdi. 2008 yilda bolalar musiqa va san’at maktablarida respublika bo‘yicha jami 38 ming 34 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2014 yilda 18 ming 895 nafarga yoki 49 foizga oshib, 56 ming 929 nafarga yetdi.

Bugungi kunda bolalar musiqa va san’at maktablarida jami 8 ming 712 nafar pedagog faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 3 ming 543 nafari oliy ma’lumotli mutaxassislardir.

Mamlakatimizda muntazam o‘tkazilayotgan “San’at g‘unchalari”, “Navro‘z sadolari”, “Kamalak yulduzlari” singari ijodiy festival va ko‘rik-tanlovlar iste’dodli o‘quvchilar safining tobora ortishi, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish imkonini bermoqda. Jumladan, o‘tgan yilda mamlakatimizda bolalar musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlarni keng targ‘ib qilishga hamda o‘quvchilarning milliy cholg‘ular bo‘yicha ijrochilik san’atini ommalashtirishga yo‘naltirilgan “Ona yurt ohanglari” xalqaro tanlovi ilk marotaba o‘tkazildi.

Yana o‘qing:  Xalq salomatligi yo‘lida hamkorlik

Mazkur tanlovda dunyoning 11 mamlakatidan kelgan yetakchi san’atkor va iqtidorli bolalar ishtirok etishdi va tanlov orqali o‘zbek kompozitorlari tomonidan yaratilgan asarlarni birinchi marta dunyo sahnasiga olib chiqishga erishildi.

Shuningdek, respublikada o‘tkazilgan tanlov va festivallarda o‘quvchilar ishtiroki yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalining maktab bosqichlarida ishtirok etgan bolalar soni 2008 yilda 15 ming 524 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 37 ming nafarga yetdi.

Mamlakatimizda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va iqtidorli yoshlarning davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi natijasida farzandlarimizning jahon sahnalarida erishayotgan muvaffaqiyatlari kundan-kunga ortib bormoqda. Shuningdek, yosh iste’dod sohiblarini rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan ushbu mukofot milliy musiqa san’atimizni ravnaq toptirish, g‘oyaviy-badiiy sara asarlar yaratish, yangi-yangi iqtidorlarni kashf etish imkonini bermoqda.

Shavkat XO‘JAQULOV

Shu o‘rinda

O‘quvchilarimiz xalqaro tanlovlarda 2010 yilda 46 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 122 nafarni tashkil etdi. Iste’dodli yoshlarimiz Fransiya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ruminiya, Rossiya, Azerbayjon, Latviya kabi davlatlarda o‘tkazilgan turli nufuzli xalqaro tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: