Minnatdorlik maktubi

Kunlar sovib ketganligi sababli biroz tobim qochdi. Shahrimizdagi 4-sonli kardiorevmatologiya bolalar shifoxonasiga murojaat qilishimizga to‘g‘ri keldi. Qabul bo‘limiga kirib borganimda ro‘paramda o‘tirgan xushbichim, oq xalatlari o‘ziga yarashgan shifokorga ko‘zim tushdi.

– Keling qizim, sizni nima bezovta qilyapti? – deb muloyim ohangda qarshi oldi u.

– Oyoq-qo‘llarimda biroz og‘riqlar bo‘lganligi sababli keldim, – deya javob qildim.

– Bularning sababi yupun yurishdan, shamollashdan kelib chiqadi, bizning kardiorematologiya bo‘limida bir hafta davolansangiz, ko‘rmaganday bo‘lib ketasiz, – degancha meni bo‘limdagi shifokorlar bilan tanishtirdilar. Davolanish jarayonida, shifokor Yulduz Odilova har bir bemor sog‘lig‘iga jonkuyarlik bilan qarashlari e’tiborimni tortdi. Bu yerda ishlaydigan qo‘li yengil hamshiralar – Lobar G‘ulomjonova, Zamira Jalilova, kichik hamshira Mufazzal Xolmatova o‘zining shirin so‘zligi, fidoyiligi bilan shifo topishimga yordam berishdi.

Bir kuni oshxona bekasi Manzura opa Najmiddinova bilan suhbatlashib o‘tirganimda, Yulduz opa haqida ko‘p narsalarni bilib oldim.

Ular 26 yil davomida shu shifoxonada mehnat faoliyatlarini davom ettirib kelayotgan ekan. U kishining qo‘lidan mendek ko‘pgina yoshlar dardiga malham topib, sog‘-salomat kamolga yetmoqda. Yulduz Odilovaga minnatdorlik bildiraman. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan shunday mehribon, shirinso‘z shifokorlarimizga rahmat aytaman.

Robiyaxon YO’ldosheva,

Shayxontohur tumanidagi 169-umumta’lim maktabi o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Eng sog‘lom mamlakatlar e’lon qilindi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: