Shifoxonaning yangi binosi

Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2011-yil 28-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Nafaqat shahar va tuman markazlari, balki eng chekka qishloq va aholi punktlarida ham zamonaviy davolash muassasalari barpo etilib, malakali tibbiyot xodimlari hamda zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanayotir.

Shifoxonaning yangi binosida “Amudaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 3 milliard 189 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. 220 o‘rinli shifoxonada terapiya, bolalar va yangidan ish boshlagan tug‘ruq bo‘limlari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, shifoxona qoshida ko‘p tarmoqli poliklinika faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.

– Sog‘lom bola yilida foydalanishga topshirilgan yangi binoda barcha qulayliklar yaratilgan, – deydi Nukus shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Qalbozor Sobirova. – Shifoxona va ko‘p tarmoqli poliklinikada bemorlarni qabul qilish va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Bu yerda 499 nafar shifokor va 903 nafar kichik tibbiyot xodimi samarali mehnat qilmoqda.

A.ORTIQBOYeV,

O‘zA muxbiri

Яна ўқинг:  Инсонпарварликнинг юксак намунаси

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: