Mamlakatimizda pasport tizimining o‘rni

Bugungi kunda mustaqil davlatimizning asosiy vazifalaridan biri jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.

Ana shunday murakkab vazifalarni amalga oshirish uchun istiqlol yillarida respublikamizda ulug‘vor ishlar amalga oshirildi. Jumladan, pasport tizimini takomillashtirish yuzasidan aholining barcha qatlamlari manfaatlarini o‘zida ifoda etuvchi keng ko‘lamli islohotlar hayotga tatbiq etildi.

Davlat organlari hamda huquq-tartibot faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash hamda ijtimoiy havfsizlikni ta’minlash sanalib, ushbu muammolarni hal qilishda pasport tizimi muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tizim jinoyat yoxud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan, tergov organlaridan, suddan qochib yurgan hamda sud qarorini bajarishdan bosh tortib yurgan ayrim shaxslarni izlash va fosh etish mexanizmining muhim elementlaridan biri hisoblanadi.

Pasport tizimining fuqarolarning nafaqat konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, balki aholini ro‘yxatga olish, jamoat tartibi va xavfsizligi, shuningdek, davlatning hududiy yaxlitligini mustahkamlash jarayonidagi o‘rni, migratsion jarayonlarga bevosita hamda bilvosita ta’sirini tadqiq qilish ham ushbu ishning bugungi kundagi ahamiyatini oshirmoqda.

Mamlakatimizda fuqarolarni jahon talablariga mos bo‘lgan biometrik hujjatlar bilan ta’minlash va hisobga olish mexanizmining yangiligi osoyishtalik yo‘lida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuningdek, pasport tizimining turli jinoyatlardan ogoh etish hamda ularning oldini olishdagi ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda. Bundan tashqari mazkur tizim huquqqa xilof turli xildagi faoliyat sodir etishga olib keluvchi ayrim sabab va omillarni bartaraf etishni ta’minlaydi.

Ulug‘bek ATAJANOV,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi

Yana o‘qing:  Beqiyos tarixiy hujjat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: