Kasbga muhabbat saodatga eltadi

Kasblar juda ko‘p, har birining hayotda o‘z o‘rni, o‘z ahamiyati bor. Lekin ular orasida murabbiylik boshqa barcha kasblarning negizi sanaladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi 1-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Turganbay Qoshanov qariyb o‘ttiz yildan buyon o‘z kasbini sidqidildan bajarib kelmoqda. Shogirdlari yurtimizning turli sohalarida malakali mutaxassis sifatida mehnat qilmoqda. Uning aytishicha, “Ustoz – bir umr o‘qib, izlanishdagi inson deganidir, saviyasi yuksak odamgina ustoz nomiga munosibdir”. Turganbay Qoshanov 2013 yil o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

– Yurtimizda hamisha ustozlar qadrlanib, e’zozda bo‘lgan, – deydi qahramonimiz. – Ayniqsa, mustaqillik yillarida muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda ta’lim sohasi tubdan isloh qilinib, taraqqiy topishi bilan bir qatorda, o‘qituvchi va murabbiylarning mashaqqatli mehnati yuksak qadr topmoqda.Shahar, qishloq va ovullarda, tuman hamda viloyatlarda zamonaviy maktablar, oliy ta’lim muassasalari, sport inshootlarini barpo etish, litsey va kollejlar, bolalar musiqa va san’at maktablari, o‘quv-laboratoriya xonalarini tashkil etish, yangi darsliklar yaratish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yuksak e’tibor bois mamlakatimiz ta’lim tizimi dunyoning rivojlangan davlatlari orasida yetakchilik qilayotganini alohida ta’kidlash joiz deb bilaman.

Mustaqillik xalqimizga farovon hayot olib kelish bilan birga, istiqbolli kunlar, farzandlar ko‘ziga quvonch baxsh etdi. Ilohim, mustaqilligimiz barqaror, xonadonlarimiz tinch, birdamligimiz, totuvligimiz davomiy bo‘lsin!

D.QARSHIBOYEVA

Yana o‘qing:  YAXShILIK yerda qolmaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: