Islohotlarning MUHIM TAMOYILI

Yurtimiz mustaqilligining ilk yillaridanoq “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (1991 yil) qabul qilinib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning milliy modelini shakllantirishga asos solindi. Har yili 3 dekabr xalqaro miqyosda nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi.

Ijtimoiy himoya mazmun mohiyati – keng ma’noda mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor ma’noda – davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli tirikchilik vositalari bilan yetarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolar to‘g‘risida g‘amxo‘rligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligini ta’minlash, aholi qatlamlarining ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat.

Maqsadli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash borasidagi yillar davomida qo‘lga kiritilgan tajriba hamda iqtisodiyotda kuzatilayotgan barqaror imkoniyatlar “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini ishlab chiqishda umuman yangi uslubiyatga asoslangan holda aholining yanada kengroq qatlamlari qamrab olinishini, dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayoniga olim va mutaxassislarni, partiyalarni, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlarini, nodavlat jamoat tashkilotlarini, shu jumladan, chet el tashkilotlarini keng ko‘lamda jalb qilinishini ta’minladi.

“Islohotlarimizning muhim tamoyillaridan biri – aholining kam ta’minlangan tabaqasi, ya’ni qariyalar, nogironlar, bolalarni muhofaza qilish, ularni puxta himoyalashdir. Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ish bilan ta’minlanishida har tomonlama yordam berish davlatimizning muqaddas burchidir”.

Islom KARIMOV

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 22-24-moddalarida yetim bolalarni va ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni; jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish; ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv-tarbiya borasida ta’lim hamda vasiylik organlarining burchi va vazifalari belgilab berilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy va aqliy nuqsoni mavjud bolalar o‘qiydigan maxsus ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda yurtimizda 89 ta maxsus ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 12 tasi ko‘zi ojiz bolalar maktabi, 2 tasi zaif ko‘ruvchi bolalar maktabi, 13 tasi kar bolalar maktabi, 5 tasi zaif eshituvchi bolalar maktabi, 22 tasi aqli zaif bolalar maktabi, 30 ta aqli zaif bolalar maktab-internatlari, 1 ta og‘ir nutq nuqsonli bolalar maktabi, 3 ta xulqi og‘ir-bolalar maktab-internati, 1 ta tayanch harakat a’zolari shikastlangan bolalar maktabi faoliyat olib bormoqda.

Yana o‘qing:  Ota ibrati – o‘g‘il bola uchun hayot sabog‘i

Asosiy Qomusimiz bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida “Fuqarolar keksayganda, mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotganda va qonunda belgilangan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”, deb belgilangan.

Bu muqaddas Vatanda inson qadri aziz. Zero, yurtimizda islohot islohot uchun emas, avvalo, inson, uning manfaatlari uchun xizmat qiladi.

Charos XUSHVAQTOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: