Ishtiyoq va havas muvaffaqiyatlarim pillapoyasidir

Bolaligimdan sportga havasim baland bo‘lganidanmi, sog‘lom turmush tarziga undovchi ko‘rsatuvlarni qoldirmay tomosha qilardim. Mashg‘ulot o‘tayotgan bolalarni ko‘rsam, shavqim oshib ketardi. Ularning harakatlarini o‘zimcha takrorlardim.

Jismoniy tarbiya darsi men uchun eng muhim sanalardi. Uchinchi sinfligimda jismoniy tarbiya o‘qituvchimiz Ra’no Hakimova yengil atletika bo‘yicha o‘quvchilardan iborat guruh shakllantirayotgani va iqtidorli bolalardan tanlab olishini aytdi. Ichimda, men ham shu guruhga olinsam, deb turdim. Niyatim ijobat bo‘ldi. Shunday qilib, yengil atletika bilan muntazam shug‘ullana boshladim.

Sekin-asta musobaqalarda ishtirok etdim. 2007-yilda Denov tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan musoboqada ishtirok etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim. 2009-yilda esa “Umid nihollari” sport musobaqasining viloyat bosqichida sport gimnastikasi bahslarida ikkinchi o‘rinni egalladim.

Yengil atletikadan karategacha

2010-yilda maktabimizda voleybol va karate to‘garagi ochildi. Hech ikkilanmay karate sport turini tanladim. To‘garakka O‘zbekiston chempioni Otabek Nazarov murabbiylik qilardi. Yengil atletikada o‘rganganlarim karateda menga juda asqotdi. Ba’zan mashg‘ulotlardan zerikib, hattoki sportni tashlasammikan, degan xayolga ham bordim. Bunday vaqtlarda hamisha oila-a’zolarim meni qo‘llab-quvvatlab turishdi, dalda berishdi. Necha yildirki, sport hayotimning bir bo‘lagi. Bu yillar mobaynida tuman, viloyat, respublika va hattoki jahon miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda qatnashdim.

Ota-onam quvonchi

2013-yil Vengriyaning Budapesht shahrida ashixara karate-sport turi bo‘yicha, Yevropa ochiq chempionatida o‘z vazn toifamda birinchi o‘rinni egalladim. G‘alabamni bir qarindoshimiz internetdan ko‘rib, ota-onamga yetkazgan ekan. Ularning quvonchini ko‘ravering. So‘z bilan ta’riflash qiyin… Musobaqadan qaytganimda, ota-onam shunday kutib oldilarki, butun vujudimni titroq bosdi.

Xulosa

Gazetxonlar meni maqtanchoqlikka ham yo‘yishlari mumkin. Aytmoqchi bo‘lganim shuki, sport menga, avvalo, o‘zimga bo‘lgan ishonchni berdi. Maqsad bilan ish ko‘rish inson uchun juda muhim ekanligini anglatdi. Umuman olganda, sport mening hayotimga aylandi.

Shahnoza QURBONNAZAROVA,

O‘zbekiston chempioni

Яна ўқинг:  Қўлини тийганнинг мижжалари соғлом

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: