Inson huquq va erkinliklari kafolati

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2016 yil 21 oktyabrda imzolangan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligi, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash kabi muhim maqsadlarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.

Garchi, milliy qonunchiligimizda sud hokimiyatining mus­taqilligini kafolatlashga qaratilgan normalar mus­tahkamlab qo‘yilgan bo‘lsa-da, biroq bugungi talab va xalqaro standartlar asosida kafolatni yanada kuchaytirish ayni zarurat edi. Zero, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlamay turib, asosiy maqsad – odil sudlovni amalga oshirish, pirovardida inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashga erishib bo‘lmaydi. Shu boisdan ham farmonda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan eng ilg‘or, zamonaviy mexanizmlarni joriy etish nazarda tutilgan. Xususan, sudya lavozimida bo‘lishning yangicha tartibi sudyalar mustaqilligini kafolatlash barobarida, tizimni yuqori malakali, odil sudlov borasida boy tajribaga ega, mustaqil fikrlaydigan, halol va yuqori obro‘-e’ti­borli kadrlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, sudlar faoliyatiga joriy etilgan  “E-SUD” milliy elektron sud ish yurituvi tizimi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilishi uchun yanada qulay imkoniyat yaratdi. Mazkur tizim orqali sudlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron tarzda ariza, da’vo arizalari va boshqa hujjatlarni yuborish mumkin.

Aytish joizki, 2014 yil 4 dekabrda amalga kiritilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun asosida davlat organlariga murojaat etish tartibi yanada takomillashdi. Unga ko‘ra sohadagi qonun buzilishi holatlari uchun javobgarlik belgilanishi barobarida, fuqarolar, shuningdek, davlat organlari, mansabdor shaxs­larga murojaat qilish imkoniyati kengaydi hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘la yangilandi.

Sh.TOSHPO‘LATOV,

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Samarqand shahar sudining sudyasi

Yana o‘qing:  “Xo‘rak”ka ilingan bolalar taqdiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: