Farzand – oila gultoji

 “Oila – muqaddas qo‘rg‘on. Bu buyuk qo‘rg‘onga quvonch ulashib, ilk saharda go‘dak dunyoga keldi. U hayot gultoji. Barcha oila a’zolarining baxti. Ona bag‘rida ko‘z ochib, dunyo yuzini ko‘rgan shu mittigina vujud ulg‘ayib, kelajakda ne-ne ezgu ishlarni amalga oshirmaydi, deysiz.

Bugun yurtimizda tibbiyot sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilib, yurtimizning eng chekka hududlaridagi tibbiyot muassasalari ham so‘nggi rusumdagi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanmoqda. Ana shunday maskanlardan biri poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 3-tug‘ruq majmuasidir.

31 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu muassasa bu yil joriy ta’mirdan chiqarildi. Majmua bosh shifokori, oliy toifali akusher-ginekolog Nargiza Alimova qo‘li yengil shifokor, o‘z sohasining mohir bilimdoni.

1992 yilda tibbiyot sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan Nargiza opa Toshkent tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ning Akusherlik va ginekologiya kafedrasida internaturani muvaffaqiyatli o‘taydi. Ustozlaridan sohaning nozik sir-asrorlarini puxta o‘rgangan shifokor Sergeli tumanidagi 1-tug‘ruq majmuasida dastlabki ish faoliyatini boshlaydi. Tinib-tinchimasligi, izlanuvchanligi, shirin so‘zligi bois, tez orada el nazariga tushadi. Bunda oilaviy muhitning ham katta ta’siri bor, albatta. Chunki Vahob aka va Zarifa opaning yana ikki farzandi – Toshkentdagi 1-Sil kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori Sodiqjon aka hamda Respublika Pulmanologiya va ftiziatriya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi umumiy bo‘lim boshlig‘i Solihjonlarning oila davrasida tibbiyot sohasiga oid qizg‘in suhbati Nargiza opaning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlar edi.

– Shifokor bo‘lish uchun inson o‘z kasbini chin dildan sevishi, shirin so‘z bo‘lish talab etiladi. Tug‘ruq jarayonida bexatar onalik tamoyillariga amal qilgan holda to‘g‘ri tashxis qo‘yish birinchi galdagi vazifamiz. Bu borada tumandagi bir qator oilaviy poliklinikalar bilan hamkorlikda ish olib borayapmiz. Tug‘ruq kompleksimizda “Yosh onalar maktabi” tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda o‘tkazilayotgan suhbatlardan tinglovchilar mamnun bo‘lmoqda, – deydi N. Alimova.

– Singlimdagi xastalikni o‘z vaqtida aniqlagan shifokorlar unga to‘g‘ri tashxis qo‘yib, davolashdi. Natijada Kamoliddin jiyanim sog‘-salomat tug‘ildi. Mazkur majmuaning qo‘li yengil shifokorlaridan barcha oila a’zolarimiz minnatdor, – deydi Gulsara Ibrohimova.

Ha, Nargiza opa aytganidek, ona bo‘lish oson emas. Bir qo‘lida go‘dagini, bir qo‘lida dunyoni tebratayotgan ona siymosi qanchalar muqaddas. Ana shu muqaddaslikni e’zozlab, ona va bola salomatligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan tug‘ruq majmuasi jamoasining ezgu ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

Yana o‘qing:  Men uchun unutilmas kun

 

Jamila HAYDAROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: