GURUCHARIQNING CHINAKAM FAXRI

Poytaxtimizning Olmazor tumani, Guruchariq mahallasida yashovchi o‘n olti yoshli Hasanbekni bugun yon-atrofdagilar yaxshi taniydi. U mahallasining chinakam faxri. Shu sababdan tengqurlari unga doimo havas bilan qaraydi. To‘g‘ri-da, muntazam sport bilan shug‘ullanadigan, qolaversa ko‘plab musobaqalarda qatnashib, g‘olib bo‘lib qaytayotgan Hasanbekka kim ham havas qilmaydi? Ustiga ustak u sportning shotokan karate turi bo‘yicha Osiyo chempioni degan nomga ega bo‘lsa.

Qahramonimiz Hasanbek Abdushukurov hozirda Ol­mazor tumanidagi 37-bolalar va o‘smirlar sport maktabida tahsil oladi. U yerda tajribali murabbiy Jamshid Qobulov­dan shotokan karate sport turining barcha sir-asrorlarini o‘rganmoqda. Dastlab tuman va poytaxtimiz miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelgan Hasanbek sekin-asta yutuqlari sonini oshi­ra bordi. Avval boshda Buxoroda bo‘lib o‘tgan shotokan karate bo‘yicha respublika ochiq chempionatida ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, keyinchalik Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zini munosib ko‘rsata oldi. Keyingi yili Singapurda shotokan karate bo‘yicha dunyoning qirqdan ziyod davlat vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida qatnashdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Hasanbek natijaviy hisobga ko‘ra yakkalik bahslarda o‘z vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotladi.

O‘g‘lining bu kabi yutuqlaridan Hasanbekning otasi Saidazim aka Saydullayevning ham quvonchi cheksiz. Shu sababdan har kuni chempion o‘g‘lining yelkasiga qoqib, “chempion bolamdan mening”, deya mehr bilan mashg‘ulotga kuzatadi.

Яна ўқинг:  СОҒЛОМ БОЛА – СОҒЛОМ ВА АҲИЛ ОИЛА МЕВАСИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: