Bolaning oiladagi huquqlari

Bolaning oiladagi huquqlari qonunchiligimizda qanday belgilangan? Bunda ota-onaning mas’uliyati haqida ma’lumot bersangiz?

O. LUQMONOVA

Angren shahri

“Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasi 1–va 2–qismlariga ko‘ra: “Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega. Uning manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno”.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasiga asosan: Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota-onadan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli ekanligi belgilangan.

Dilfuza AMIROVA,

Toshkent shahri Uchtepa tumani

4-sonli DNI notariusi

Yana o‘qing:  Tozalik – baraka kaliti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: