Balog‘at bekatida

farzandingizga yaqinroq turing

O‘tish yoshini turli olimlar turlicha chegaralaydilar. Ayrimlar 10-14 yoshni boshlanish yoshi; 14-18 o‘rta; 18-20ni o‘tish yoshining yakuni deb hisoblaydilar. Boshqalari esa 10-12; 13-14; 14-16 va hokazo.

Zamonaviy tibbiyot esa organizmning anotomik-fiziologik o‘zgarishlarining 7 yoshdan boshlanishini o‘rganib chiqdilar va shunga ko‘ra, kalendar bo‘yicha emas, aynan organizmdagi jinsiy o‘zgarishlarga qarab o‘tish yoshini belgilash lozim deb hisoblaydilar.

O‘sish va organizmning fiziologik o‘zgarishining tezlashuvi natijasida bu yoshda bola o‘zida hayajon, ko‘tarinki uyg‘onish va o‘z-o‘zini yerga urish hissini sezadi.

Mazkur davrda bola o‘ziga nisbatan ko‘proq diqqat-e’tiborni talab qiladi. U o‘zini ulg‘aygan deb hisoblaydi va o‘ziga nisbatan katta odamlardek munosabatni talab qiladi. Lekin maktabda, kollej yoki litseyda va uyda uning mavqei avvalgidek qolaveradi. Natijada bolada o‘smir yoshimuammolar boshlanadi.

O‘smirlik yoshi muammolari emansipatsiya, tengdoshlar bilan guruhlashish va hobbi reaksiyalarini keltirib chiqaradi.

Emansipatsiya reaksiyasi holatida bola kattalar nazoratidan chiqish va mustaqillikka erishishni xohlaydi, unda o‘zining “men”i paydo bo‘ladi. Kattalar tomonidan o‘tkazilmoqchi bo‘lgan kichkina ta’qib ham bola xulqining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tengdoshlar bilan guruhlashish bolada o‘zaro harakat, jamoa tartibiga bo‘ysunish, o‘z o‘rniga va xohishidagi mavqiyega ega bo‘lish qobiliyatlarini shakllantiradi. Bolaga o‘z-o‘zini baholash xususiyati yuklanadi. U tengdoshlarining fikrlarini kattalarning tanqidiga nisbatan ko‘proq qadrlaydi.

O‘smirlarning qiziqishlarini bilish, ular va kattalar orasidagi o‘zaro munosabatni yaxshilaydi.

O‘smir psixologiyasida paydo bo‘ladigan yangi hissiyot bu – o‘z-o‘zini anglashdir. O‘zini anglash, o‘smir yoshining asosiy yakunidir. Bu paytda u o‘zining yangi “men”ini ochadi, kuchli va kuchsiz taraflarini o‘rganishga harakat qiladi. O‘zini boshqa odamlar bilan solishtira boshlaydi. O‘ziga nisbatan qiziqish uyg‘onadi, o‘ziga mos do‘st qidiradi.

Qoidaga ko‘ra o‘smirda o‘qituvchi yoki ota-onaga nisbatan jamoaning bolaga bergan bahosi ko‘proq ahamiyatga egadir. Bu yoshda bolada tashkilotchilik, ishbilarmonlik va boshqa shaxsiy qobiliyatlarini shakllantirishga yaxshigina sharoit yaraladi.

Suxomlinskiy asosiy shaxs xususiyatlarini quyidagicha ta’riflaydi:

1. Bir tomondan johillikka bo‘ysunmaslik, uni emotsional qabul qilmaslik, ikkinchi tomondan hayotdagi qiyin holatlarda hal qilolmaslik qobiliyati bilan uyg‘unlashadi.

2. O‘smir yaxshi bo‘lishni xohlaydi, idealga intiladi, lekin uni to‘g‘ri tarbiyalashlari yoqmaydi.

Yana o‘qing:  Bilimga ishtiyoqmand o‘quvchilar

3. O‘smir shaxs bo‘lishni istaydi. Unda qahramonlik, romantiklik kabi noodatiy narsalarni qilishga istak tug‘iladi. Jarayonga talabning borligi va o‘zida ishonch hosil qilish istagining borligiga qaramay o‘smir, hali bunga qanday erishishni bilmaydi.

4. O‘smirda xohishning boyligi va kuchning chegaralanganligi qarama-qarshi qo‘yilgan. Qiziqishlarning turli-tumanligi va doimiy emasligi mana shundan kelib chiqadi. O‘smir o‘zining qobiliyatli emasligini bilib qolishdan qo‘rqadi. O‘zini juda yaxshi ko‘radi, ammo ortida yordamga muhtojligi yashiringan. Ko‘rgazmali ishonchlilik va qat’iyat ortiga yashirinishi mumkin.

5. O‘smirda romantik hissiyot va dag‘al qiliqlar uyg‘unlashgan. Go‘zallikdan zavqlanadi va unga surunkali munosabatda bo‘ladi. Lekin o‘z hissiyotlaridan uyaladi. Bu tuyg‘ularni yosh bolalarga xos deb hisoblaydi. Uni o‘ta hissiyotli deb hisoblashlaridan qo‘rqadi va dag‘allik ortiga bekinadi.

Fizik kuchlarning quyilib kelishi uni faoliyatga boshlaydi.

O‘smirlar bilan ishlaganda ularning asosiy yoshi va shaxsiy xususiyatlarini, bu yoshning asosiy psixologik yangilanishini inobatga olish zarur.

O‘smir organizmi ham bu paytga kelib ancha o‘zgarishlarga duch keladi: husnbuzarlar chiqadi, tanadan turli noxush hidlar kela boshlaydi. Shuning uchun ham tarbiyaviy soatlar o‘tganda, o‘qituvchi, albatta, shaxsiy gigiyenaga alohida to‘xtalishi lozim.

Bu yoshda bolada juda katta psixologik o‘zgarishlar yuzaga keladi va biz buni ko‘rib chiqamiz.

Birinchi galda bu yoshdagi bolalarda uyatchanlik va xafaqonlik paydo bo‘ladi. U arzimagan narsalardan ham xafa bo‘ladi va bunga katta ahamiyat beradi. U o‘z tashqi ko‘rinishidan uyaladi, harakatlari bukchaygan holatga keladi, chunki u hali o‘z tanasini ilgarigidek boshqara olmaydi. Shuningdek o‘smir o‘z hissiyotlarini ham jilovlay olmaydi. U dakkilarga tez xafa bo‘ladi.

Erkinlikni talab qilish ularda qo‘rquv uyg‘otadi. Deyarli barcha o‘smirlar ota-onasi, ularning erkinligini siqib qo‘yganligidan shikoyat qiladilar. O‘sayotgan bola o‘z haq-huquqini talab qilishi tabiiydir, lekin ota-ona uning har bir talabini bajarishga majbur emas.

O‘smirlar ustidan nazorat qilish zarur. Ko‘pincha ularning ba’zilari ota-onalari ular bilan qat’iyatliroq bo‘lishini xohlashadi. Bolani to‘g‘ri yo‘lda uni o‘qitayotgan qoidalar emas, sog‘lom tarbiya va unga bo‘lgan ishonch ushlab turadi. O‘smirga esa qoida ham, ota-onasining hayotdagi bo‘shliqlarni to‘ldiradigan bu qoidalarni o‘rgatish uchun unga berayotgan e’tibori ham kerakdir.

Yana o‘qing:  Mehr mo‘jizasi

Ota-ona bilan bo‘ladigan kelishmovchiliklar o‘smir o‘zini ulg‘aygan his qilib, ota-onasining o‘rnini egallamoqchi bo‘lgani oqibatida yuzaga keladi. Albatta, ota-onaga bu yoqmaydi. Ota-ona va farzand o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘ladi. Ba’zida bu ota va qiz, ona va o‘g‘il o‘rtasidagi ziddiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Otaga qiz, onaga esa o‘g‘il bola yaqinroq bo‘ladi, deyishadi. Lekin, vaqt o‘tgan sari, ya’ni balog‘at yoshida bola buni unuta boshlaydi. Chunki, oiladan tashqaridagi boshqa odamlarga o‘z his-tuyg‘ularini yo‘naltirgan bo‘ladi. U ota-onaga bo‘lgan munosabatini yo‘qotishga harakat qila boshlaydi. Shuning uchun ham bu yoshda o‘g‘il bolalar onasiga, qizlar esa otasiga dag‘al muomalada bo‘la boshlaydilar. Bu muomalaning o‘zgarishiga uydagi muhit ham sabab bo‘ladi. Agar uyda o‘smir yoshini hisobga olib, bola bilan o‘zaro do‘stona, yumshoq muomalada bo‘linsa, sharoitga qarab farzandining xohish istaklarini inobatga olib ish ko‘rilsa, farzandga shaxs sifatida qaralsa, u sezadi va yaxshi yo‘ldan yurishga harakat qiladi. Aks holda o‘smir ko‘chadan o‘ziga boshqa mashg‘ulot topadi va yomon yo‘lga yurib ketish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Bizning mentalitetimizda, ayniqsa, qiz bolani faqat turmushga chiqishga tayyorlaymiz. Oqibatda qizlarimiz ham ayni o‘qib, oila quradigan paytda turmushga chiqish va oilali bo‘lishni o‘ylay boshlaydilar.

Bizning ajdodlarimiz farzandlarini milliy qadriyatlarimizga asoslanib tarbiya qilganlar va natijada ko‘pgina buyuk insonlar yetishib chiqqanligi sir emas.

O‘smirlik davrini qiyin davr deymizu, mana shu qiyin davrning paydo bo‘lishi va sekin o‘tishiga o‘zimiz sababchi bo‘lib qolayotganimizni sezmaymiz. Vaqt esa kutib turmaydi. Biz dunyoga keltirib, parvarish qilayotgan farzandlarimizga ozgina vaqt ajratib, ularning ko‘ngliga yo‘l topa olsak, ertaga jamiyatimizga foydasi tegadigan insonlarni yetishtirib, ularning rohatlarini ko‘rish, hammadan rahmat eshitish nasib etsa, ajab emas.

Zamira HAKIMOVA,

Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: